367

Bag‘rikenglik haftaligi – o‘zaro ahillik ramzi

Avval xabar berganimizdek, “16-noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuni”ga bag‘ishlab 15-22-noyabr kunlari “O‘zbekiston-bag‘rikeng diyor” shiori ostida respublikamiz bo‘ylab “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Joylarda viloyat hokimliklari hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmalari tomonidan milliy madaniy markazlar, islomiy va noislomiy diniy tashkilotlar vakillari ishtirokida “Ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik” shiori ostidagi davra suhbatlari, sport musobaqalari hamda madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ayni damda, ushbu haftalik doirasida Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida “O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir hamda konsert dasturi, shuningdek, qardosh xalqlar yozuvchi va shoirlari asarlari ko‘rgazmasi namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida ham ushbu sana munosabati bilan ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

“Bag‘rikenglik haftaligi”ni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – 130 dan ortiq millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash hamda xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasidagi tadbirlar barcha tuman va shaharlarda 15-21-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Axborot xizmati

Izoh qoldirish