435

Bayrog‘im – faxrim, g‘ururimsan!

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsoli sanaladi. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Shu bois, bayroq yoki gerbimizga nazar solganimizda, madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azm-u shijoatimiz oshganini his etamiz.

Joriy yilda mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat suverenitetining ramzi bo‘lib tarixdan o‘rin egalladi.

Sana munosabati bilan respublikamizning turli hududlarida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining faollar zalida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan “Bayrog‘im – faxrim, g‘ururimsan!” mavzusida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Ashirali Abdirashidov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Otabek Rasulov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. 

Bayram tadbirini Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Ashirali Abdirashidov kirish so‘zi bilan ochdi. Shundan so‘ng, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Rashidov  tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati, davlat bayrog‘ida aks etgan timsollar, ularning qanday ma’no anglatishi haqida ma’ruza qilindi.

Shuningdek, tadbir yakunida “Bayrog‘im – faxrim, g‘ururimsan!” mavzusida o‘tkazilgan viktorinada faol ishtirok etgan talabalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish