367

Konstitutsiya – tinchlik va barqarorlik kafolati

Farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘qqiz yilligi bayrami respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi. 

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham tashkil etildi. “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti tomonidan “Konstitutsiya – tinchlik va barqarorlik kafolati” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Islomov, fakultet dekani I.Mirziyotov, “Chet tillar” kafedrasi professori V.Qo‘chqorov, O‘zFA “Davlat va huquq instituti” bo‘lim boshlig‘i yuridik fanlari doktori, professor M.Baratov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i A.Allaqulov, Akademiya o‘qituvchi-xodimlari hamda talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: huquqlar, erkinliklar, burchlar” hamda “Konstitutsiya – tinchlik va demokratik taraqqiyot kafolati” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Unda Konstitutsiyaning qabul qilish jarayoni, demokratik davlatning vujudga kelishi shart-sharoitlari, uning taraqqiyot bosqichlari, barkamol avlod, yetuk shaxs tarbiyasi, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda Bosh qomusimizning ahamiyati haqida so‘z yuritishdi. 

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Davra suhbati ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish