415

“Iqtisodiyot fanlari bilimdonlari” aniqlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Iqtisodiyot fanlari bilimdonlari” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada jami 6 ta talabalardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi. Tanlov uch shart asosida o‘tkazildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra muvaffaqiyatli ishtirok etgan 6 ta jamoa turli sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 6-o‘rinni Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Xmim” jamoasi, 5-o‘rinni Islom iqtisodiyoti va moliyasi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining “Union” jamoasi, 4-o‘rinni Turizm (Ziyorat turizmi) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Grant” jamoasi, 3-o‘rinni Turizm (Ziyorat turizmi) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining “Unicorn” jamoasi, 2-o‘rinni Islom iqtisodiyoti va moliyasi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining “Four stars” jamoasi hamda 1-o‘rinni Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Ishonch” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish