453

Talabalarga kredit-modul tizimi haqida ma’lumot berildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kredit-modul tizimida o‘quv faoliyatini olib borish va ta’lim sifatini ta’minlash” mavzusida talabalar bilan uchrashuv  o‘tkazildi. 

Mazkur tadbir O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ibrohim Usmonov raisligida O‘quv-uslubiy bo‘lim, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, fakultet dekanlari ishtirokida tashkil etildi.

Unda ta’limning kredit tizimi, talabalarning majburiyat va huquqlari, fanlar bo‘yicha kreditlar miqdori haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Yangi tizimning talabalar uchun ham professor-o‘qituvchilar uchun ham o‘ziga xos qulayliklar yaratishi, ularni o‘z ustida ishlashi, bilim olishi uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish