365

Talabalarga Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida hujjatli film namoyish etildi

Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, buyuk jamoat arbobi, ma’rifarparvar alloma, yozuvchi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi hisoblanadi. So‘nggi yillarda mutafakkirning hayoti va ijodini o‘rganish hamda uni yoshlar orasida targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ilmiy konferensiyalar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Кinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Milliy kinolar – Yangi O‘zbekiston timsoli” kino oyligi doirasida hujjatli filmlar namoyishi o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy” hujjatli filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi. 

Film Kinematografiya agentligi hamda “BRAND PRO MEDIA” studiyasi hamkorligida “Xalq yuragi” turkumi ostida tayyorlangan. Film ssenariysi “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov qalamiga mansub. Eslatib o‘tamiz, mazkur film O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida suratga olingan. Unda o‘zbek teatr dramaturgiyasining asoschisi, taniqli publitsist, jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi aks etadi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan jadid boboralarimiz xotirasini ababiylashtirish maqsadida xayrli ishlar amalga oshirilayotganini qayd etishdi. Poytaxtimizning Adiblar xiyobonida Mahmudxo‘ja Behbudiyning haykali qad rostlagani, alloma hayoti va ilmiy merosini o‘rganish yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Shu bilan birga akademiyada alloma faoliyati va ijodiga doir ilmiy izlanishlar ham faol olib borilayotgani, uning asarlari puxta o‘rganilayotgani haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish