486

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tarkibiy qismi bo‘lib, ushbu markaz shuningdek, ta’lim muassasasiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.

Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hay’at qarorlari va buyruqlari, Akademiya Ustavi, Kengashi karorlari, Akademiya rektorining buyruklariga muvofiq olib boradi.

Markaz bevosita AKTni joriy etish bo‘yicha o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektorga bo‘ysunadi.

Markazning vazifalari va funksiyalari

Oliy ta’lim muassasasida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;

“Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i boshqaruvi faoliyatini tashkil etadi, nazoratini olib boradi, tizim kamchiliklarini bartaraf etadi, talaba hamda ustozlar uchun qulay interfeysni ta’minlaydi; 

Akademiyadagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;

Akademiyaga tegishli kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;

kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;

Akademiya kompyuter zahirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;

Akademiya Internet tarmog‘i, elektron pochta xizmat(E-mail)larini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;

Akademiyaning nusxa ko‘paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, dasturiy ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turilishini nazorat qilish;

Akademiyaning simli va simsiz tarmoqlari zaifliklarini bartaraf etish, tarmoqlarni himoyalash tizimlarini ishlab chiqish hamda tarmoqlarning dasturiy ta’minotlarini yangilash;

Ishchi stansiyalar, server qurilmalari, axborot tizimlari va resurslari xavfsizligini ta’minlash hamda ularga bo‘layotgan kiber-hujumlarning oldini olish, ular bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berish, taklif va yo‘riqnomalar ishlab chiqish;

Akademiyaning elektron masofaviy o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga texnik ko’mak berish hamda elektron o’quv media-manbalar tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish, ushbu tizimlarda akademiya xodim va talabalarining ish va o‘quv faoliyatini olib borish bo‘yicha turli xil o‘quv seminarlari va videoqo‘llanmalar tayyorlaydi;

Akademiya tomonidan budjetdan tashqari mablag‘larni ishlab topishda yaqindan yordam berish, kompyuter savodxonligi kurslarini tashkil etish, rahbariyat ruxsati asosida raqamli ta’lim texnologiyalari sohasida qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan faoliyatlarni amalga oshirish, Akademiya nomidan dasturiy mahsulotlar yaratish;

Akademiyada axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash hamda unda mavjud bo‘lgan kamchilik va zaifliklarni bartaraf etish;

Qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan usullar va vositalarni tahlil qiladi;

Akademiya axborotlashtirish obyektlarida oshkor qilib bo‘lmaydigan konfidensial ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi axborotlarni Akademiya rahbariyati ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermasligini va axborotni to‘liq saqlanishini o‘z zimmasiga olish;

axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyligini ta’minlash;

axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash;

saqlanayotgan hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yo‘qotishlardan himoyalash;

operatsion tizimlar va ularda ishlatiladigan amaliy dasturlar (amaliy masalalarni yechish uchun) va dasturiy vositalar ishchi holatini nazorat qilish, ish holati buzilganda qayta tiklash;

saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan va aloqa kanallaridan uzatilayotgan tarqalishi cheklangan axborotning tarqalib ketishidan himoyalash;

ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun apparat, dasturiy va axborot resurslardan foydalanish imtiyozini berish;

himoyalangan resurs va tarmoq xizmatlari bilan ishlagan foydalanuvchilarni tizim jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda foydalanuvchining xatti-harakatining to‘g‘riligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash;

Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi.

Akademiyaning veb sahifa dizaynini yaratish va ularni veb sahifalarga birlashtirish, internetning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, loyihalarning uslubiy dizaynini ishlab chiqish;

Akademiya veb sahifa va ijtimoiy tarmoqlari mazmuni uchun maqolalar, rasmlar va videofilmlar tayyorlash, ijtimoiy tarmoqlarda postlar yaratish.

Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy ta’minotini va soz holatda ishlashini hamda axborot xavfsizligini ta’minlash borasida:

kompyuterlardagi mavjud texnik va dasturiy muammolarni bartaraf etish va takrorlanishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

o‘quv jarayonida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish;

kompyuter o‘quv xonalariga va kompyuterlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, javobgar shaxslarni belgilash hamda kompyuter o‘quv xonalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;

tarkibiy bo‘linmalarda foydalanilayotgan kompyuterlarning tizim va ofis dasturlarini o‘rnatish va yangilab borish;

mavjud kompyuterlarga o‘quv jarayoni uchun zaruriy dasturiy vositalarni o‘rnatish hamda kompyuter texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish;

raqamli ta’lim texnologiyalarini ishchi bo’linmalar va o’quv jarayoniga joriy etish va ulardan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etish;

b) Akademiyada internet tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini nazorat qilish borasida:

o‘quv binolaridagi mavjud tarmoq qurilmalarini (serverlar, svitchlar va h.k) doimiy ishlab turishini ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;

kompyuterlarni lokal tarmoqqa ulash va lokal tarmoqda ishlashini nazorat qilish;

kompyuterlarga virusga qarshi (antivirus) dasturlarini o‘rnatish va ularning yangilab borilishini ta’minlash;

o‘quv binolariga o‘rnatilgan videokuzatuv tizimining doimiy ishlashini nazorat qilib borish;

tarkibiy bo‘linmalarga lokal tarmoqning texnik va dasturiy vositalari bo‘yicha uslubiy va texnik yordam ko‘rsatish;

Internet tarmog‘iga ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan Akademiya rahbariyatiga takliflar kiritish;

xodim va talabalarni Internet tarmog‘idan samarali foydalanishini ta’minlash hamda nazorat qilish;

Internet tarmog‘iga ulanish hamda dasturiy va texnik tarmoqlararo ekran orqali Internet tarmog‘ini doimiy ishlashini nazorat qilish hamda turli xavflarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

v) rasmiy veb-sayt va elektron pochta xizmatini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash borasida:

tarkibiy bo‘linmalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning Akademiya elektron pochta xizmati bilan ta’minlash va ularni elektron pochtadan to‘g‘ri foydalanishlarini kuzatib borish; 

texnik vositalardan foydalanish, veb-saytlar yaratish, shuningdek, axborot portallari, veb-resurslarni rivojlantirish va jadallashtirish masalalarida texnik ko‘mak beradi;

rasmiy veb-saytni takomillashtirib borish va matbuot kotibi tomonidan Akademiya faoliyatiga oid ma’lumotlarni rasmiy veb saytga o‘z vaqtida joylashtirib borilishida hamkorlik qilish;

veb-sayt orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlarni doimiy ishlab turishini va yangilanib borilishini ta’minlash;

g) Akademiya axborot tizimlarini global tarmoqqa integratsiyasini ta’minlash, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, elektron ilmiy-metodik bazani shakllantirish va doimiy yangilab borilishini tashkil etish borasida:

o‘quv jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha mavjud dasturlarni rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish;

global axborot-huquqiy va ta’lim resurslariga ulanishni hamda ularni muntazam yangilab borilishini tashkil etish;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan maxsus dasturlar va axborot tizimlariga Akademiyaga tegishli ma’lumotlarni tegishli mas’ullar tomonidan o‘z vaqtida to‘ldirib borilishini ta’minlash;

Akademiyada joriy etilgan elektron hujjatlar almashinuvi tizimidan samarali foydalanishni nazorat qilish;

elektron ta’lim resurslar bazasini yaratish va uni to‘ldirib borilishini nazorat qilish hamda reestrini yuritish;

yangi avlod adabiyotlarining elektron variantlarini yaratishga dasturiy va texnik yordam ko‘rsatish;

yaratilayotgan elektron darsliklar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borilishini nazorat qilish.

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Mar
10
Jan
08
Jan
05
Markazlar
Axborot-resurs markazi
11:43

Izoh qoldirish