373

Gender tenglik mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekistonda gender tenglik va gender masalalari” mavzusida ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Islomshunoslik” fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda Xotin-qizlar bo‘limi xodimalari, Akademiya o‘qituvchilari, tyutor murabbiylar hamda talabalar ishtirok etdi. 

O‘zaro muloqot davomida gender so‘zining tushunilishi va qo‘llanish holatlaridagi noto‘g‘ri talqin va tasavvurlar borasida fikr almashildi. So‘zga chiqqanlar tomonidan gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamasligi, har ikki jins vakillarining o‘z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari surishi ta’kidlandi.

Zero, rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining ta’minlanishidadir. Bu esa o‘z navbatida har bir mamlakatda siyosiy va iqtisodiy o‘sishga erishishda katta yordam berishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlab o‘tildi. Gender tenglik jamiyat rivojida muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda yanada yaqqol namoyon bo‘layotgani qayd etildi.

Uchrashuv yakuni talabalarning mavzu yuzasidan savollariga ulanib ketdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish