303

Ish beruvchi tashkilot vakillari bilan uchrashuv (“Karyera” kuni) o‘tkaziladi

Joriy yilning 22-dekabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2021-2022-o‘quv yilidagi bitiruvchilarni ishga joylashtirishni samarali tashkil etish maqsadida “Yoshlar – O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari bilan uchrashuv “Karyera kuni” o‘tkaziladi.

Undan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh mutaxassislarini munosib ish o‘rni bilan ta’minlash bo‘lib, tadbirda ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalarning o‘zaro uchrashuvi va fikr almashinuvi tashkil etiladi.

Barcha qiziquvchilarni ushbu tadbirga taklif etamiz!


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish