439

“Ustoz -shogird” maktabi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ustoz-shogird” maktabi an’anasi ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Mumtoz sharq filologiyasi fakultetida professor-o‘qituvchilarga talabalar biriktirilgan bo‘lib, har bir talabaga alohida mavzular berilgan. Talabalar mavzular bo‘yicha oldindan mustaqil shug‘ullanib, ustozlari bilan ilmiy baxslar olib boradilar. Kafedra o‘qituvchilari guruh faollari ishtirokida tayyorlagan ijodiy ishlarini taqdimotini o‘tkazadilar.

Akademiya professorlari A.Isajonov, J.Toshqulov, dosentlar M.Qaxxorova va H.To‘ychiyeva singari malakali va tajribali ustozlar talabalarga o‘zlari ta’lim beradigan fanlardan individual ravishda bilim va ko‘nikmalarini beminnat berib kelmoqdalar.

Mohir tarjimon, “Sharq filologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Ibragimov talabalarga tarjimonlik sir-asrorlarini o‘rgatmoqda.

“Ustoz-shogird” maktabi an’anasi bo‘yicha “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Z.Sodiqov shogirdi – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Dilshod Xamidov umumiy 308 ball jamlab respublikada faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

“Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dinshunos olim
D. Raximjonovning shogirdi, 4-bosqich talabasi Najmiddin Hafizov umumiy 329,5 ball to‘plab respublikada birinchi o‘rinni egalladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jan
29
Ijtimoiy faoliyat
Xotin-qizlar faoliyati
06:33
Jan
29
Ijtimoiy faoliyat
Ijtimoiy himoya
06:31
Jan
29
Ijtimoiy faoliyat
Sport sohasidagi faoliyat
06:28

Izoh qoldirish