204

Akademiya o‘qituvchisi ishtirokida dolzarb mavzuda uchrashuv o‘tkazildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida “Diniy ekstremizm – xavfsizlikka tahdid” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tashkilot xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov ma’ruza qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi JQB katta tezkor xodimi I.Yoqubov, “Oʻzbekiston” bekati xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasi, huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori I.To‘raqulov, Toshkent viloyati Zangiota tumani “Zangiota” jome masjidi imom noibi X.Mamayunusov hamda O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilariga ekstremizm illatining kelib chiqishi, uning huquqiy, maʼnaviy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Darhaqiqat, hozirgi vaqtda kuchga asoslangan ekstremizm va terrorizm barqaror rivojlanish va dunyodagi millatlararo totuvlikka tahdid solmoqda. Dunyoda shiddat bilan oʻzgarayotgan notinch va murakkab vaziyat, turli mojarolar jonajon Vatanimiz xavfsizligi, el-yurtimizning osoyishta hayotini taʼminlash hamda mavjud tahdid va xatarlarga munosib javob berishga doim tayyor turishimizni taqozo etmoqda. Shu bois, yurtimizda soʻnggi yillarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Muloqotda har bir O‘zbekiston fuqarosi ekstremizm va terrorizmning qabih, gʻarazli jinoyatkorona maqsadi hamda mohiyatini butun xalqimiz, xususan, yoshlarimiz orasida tinimsiz fosh qilish asosida barchani ogohlikka chaqirishi zarur ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida Akademiya o‘qituvchisiga mazmunli ma’ruzasi uchun tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma topshirildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish