184

Yoshlarni diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalaridan ehtiyot qilish

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Mashhur olimlardan Xusayn Voiz Koshifiy “Axloqi muhsiniy” asarida farzandlar tarbiyasida muhim bo‘lgan islomiy qadriyatlarga to‘xtalib: “Farzand Haq taoloning omonatidir. Ota-onadan mahshar vaqtida bu omonat haqi talab qilinadi. Bu omonat go‘yoki oyna – butun borliq ko‘zgusi, avvalidir. Haqiqat javohiri uni nimaga xohlasa, o‘shanga moyil qilishi mumkin”. 

Shunday maslahatlardan so‘ng hammada bir savol tug‘iladi: “Biz internet va ijtimoiy tarmoq turlaridan foydalanmasligimiz kerakmi?” Javob o‘laroq aytamizki, yo‘q foydalaning. Illo bugungi kunda ulardan foydalanmaslikni iloji ham yo‘q.

Hindistonning siyosiy arbobi Mahatma Gandi o‘z davrida shunday yozgan edi: “Men uyimning eshik va derazalarini mahkam berkitib o‘tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib, xonadonimni ag‘dar-to‘ntar qilib, o‘zimni yiqitib tashlaydigan darajada ochib ham qo‘ya olmayman”. 

Bu so‘zlarni bugungi axborot asrida turli ma’lumotlarning kirib kelishi, u yoki bu mintaqada to‘g‘ri e’tiqodga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi ma’nosida qo‘llash ham mumkin. Shuning uchun ham yoshlarda internetning yaxshi tomonlaridan unumli foydalanish, yomon ta’sirlaridan o‘zlarini himoya qila olish imunitetini shakllantirish zarur. Shu o‘rinda Fitratning ushbu so‘zlari yodimizga tushadi “Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya, axloq tarbiyasi”.

Virtual olamdagi axborot xurujidan himoyalanish uchun mustaqil fikrga ega bo‘lishimiz lozim. Biz yot g‘oyalardan o‘zimizni himoya qilishiga e’tibor berishimiz kerak, ya’ni har bir inson uchun mustaqil fikr zarur. Mustaqil fikrga ega bo‘lgan insongina yaxshi yoki yomon ma’lumotning mohiyatiga yetib, ularga qarshi kuch topa oladi.

Biz zamon bilan ham nafas bo‘lishga chaqirgan holda, virtual olamning eng to‘g‘ri yo‘llari va kerakli malumotlaridan to‘laqonli foydalanish va ularni unumli sarflash tarafdorimiz.

Kozimxon AKRAMOV

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish