166

Hijrat va uning mohiyati

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Yurtini, ota-onasini tashlab, o‘zga ellarda sarson-sargardon yurish, o‘zi kabi shaxslar bilan birlashib, kindik qoni to‘kilgan yurtiga qarshi qurol ko‘tarish islom dini ta’limotiga zid ish hisoblanadi. Ularning maqsadi islom dinini rivojlantirish emas, balki muqaddas dinimizni nomini yomonotliq qilishdir. Tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgan davlatlarda notinchliklarni keltirib chiqarib, yangi-yangi urush o‘choqlarini tashkil qilishdir.

Bunday soxta da’volarning puch ekanini tasdiqlash va aholini, xususan, yoshlarni ulardan asrash maqsadida ushbu tushunchalarga izoh berib o‘tsak.

“Hijrat” so‘zi lug‘atda biror narsadan ajrash. Shariatda esa Payg‘ambarimiz Muhammad (sallallohu alayhi vasalam)ning Makkani tark etib, Madinaga borishiga aytiladi. Diniy ekstremistik oqim yetakchilari ayniqsa, o‘zlariga turli islomiy nom qo‘yib olgan bir to‘da g‘alamislar tinch davlatda yashab kelayotgan yoshlarni jangarilarning lagerlariga jo‘natib, “hijrat qilmagan dindan chiqadi, hijrat uchun musulmonga ota-onaning ruxsati shart emas”, kabi soxta iddaolar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni aldamoqda.

Abu Usmon Mujoshi’ ibn Ma’sud rivoyat qilgan hadisda aytiladi: Rasululloh (sallallohu alayhi vasalam):

“Makka fathidan keyin hijrat yo‘q…”, dedilar”.

“Hijrat” haqida Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: “Rasululloh (sallallohu alayhi vasalam) aytganlar: “Qo‘li va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir. Alloh taolo man etgan narsalardan qaytgan kishi Xudo yo‘lida hijrat qilgan kishidir”, deyiladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, yuqoridagi dalillardan O‘zbekistondek tinch ibodatlar emin-erkin qilinadigan mamlakatimizdan “hijrat” qilinmasligi haqidagi qat’iy xulosa kelib chiqadi.

Sardorbek Ro‘zimuhammedov,

Mir Arab oliy madrasasi talabasi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish