235

Missionerlik – millat va din kushandasi

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Hozirga axborot almashuvi rivojlangan, dunyoning xohlagan joyidan turib istalgan kishiga axborot yetkazish imkoni boʻlgan davrda muqaddas dinimizni tuhmat va boʻhtonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini oʻsib kelayotgan yosh avlodga toʻgʻri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu gʻoyalarini keng targʻib etish vazifasi hamon dolzarb boʻlib qolmoqda.

Bir necha diniy ekstremistik oqim va yoʻnalishlar faoliyati tobora keskinlashib borayotgan bir davrda muqaddas dinimizga va milliy maʼnaviyatimiz hamda qadriyatlarimizga rahna solishga urinayotgan noislomiy yoʻnalishlardan biri bu missionerlik yoʻnalishidir. 

Missionerlik toʻgʻrisida soʻz ochganda, avval uning kelib chiqishi va rivojlanishi davriga toʻxtalib oʻtish lozim boʻladi. “Missionerlik” tushunchasi umumiy maʼnoda biror dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar oʻrtasida boshqa dinni targʻib qilish maʼnosini anglatadi. Missionerlik, asosan xristianlik diniga xosdir. Bunday harakat xristianlik dini qadimiy Vizantiya imperiyasining davlat dini sifatida eʼlon qilingan davrdan buyon amalga oshirilib kelmoqda. Xristian ruhoniylari dastavval missionerlik harakatini Yevropa va Yaqin Sharqdagi koʻpxudolikka eʼtiqod qilib kelgan aholini yakkaxudolikka daʼvat qilish bayrogʻi ostida olib bordilar. Shu tariqa IV asrda paydo boʻlgan xristian missionerligi XIII-XVI asrlarda Hindiston, Xitoy va Yaponiyaga kirib bordi.

Katolik cherkovida esa missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (XIII-XVI asrlar)da taraqqiy etdi.

Missionerlik harakati Buyuk Rim imperiyasiga yangi yerlarni oʻzlashtirishga katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662-yilda “Diniy targʻibot kongregatsiyasi” ni taʼsis etdi.

XIX asrga kelib esa missionerlik yangidan faollashdi. Ushbu harakat vakillari boʻlgan missionerlar oʻz faoliyatlarini Afrikada keng tarzda yoyib, oʻz mamlakatlarining siyosatini oʻtkazishga yordam berdilar.

Missionerlarning turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida olib borayotgan faoliyati xristianlikni targʻib qilishda maxsus adabiyotlar, audio va videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul tarqatish masalalariga eʼtibor qaratadilar.

Yuqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning oʻzi ham missionerlik harakati turli din vakillari oʻrtasida hamda musulmonlar orasida dinlararo va millatlararo nizolarni keltirib chiqarishga zamin yaratish mumkin ekanligiga dalolat beradi.     

Xulosa qilib aytganda bugungi kunda missionerlik harakati insonlar orasida hamda baʼzi-bir yoshlarimiz nigohida diniy mutaassiblikning oʻziga xos koʻrinishi sifatida namoyon boʻlmoqda desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.   

L.OLIMOV,

Kitob tuman bosh imom xatibi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish