157

Zalolat ahli

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Bu dunyoda inson yashar ekan doimo yuzi yorugʻ boʻlishiga intiladi. Moʻmin-musulmon har doim duosida “Ey Alloh, ikki dunyoda yuzimni yorugʻ qil?”, deb duo qiladi va shunga muvofiq harakat qiladi.

Insonning bidʼat ishlarni qilishi uni zalolatga yetaklaydi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Sizlar mening va toʻgʻri yoʻlda yuruvchi, hidoyat topgan xulafolarimning yoʻlini tutib, uni oziq tishlaringiz bilan tishlagandek mahkam ushlanglar. Dinga yangiliklar kiritishdan saqlaninglar, albatta, har qanday bidʼat zalolatdir” – deganlar (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyati).

Islom dinida tafriqalarni yuzaga keltirish, turli xil oqimlarga boʻlinish, tarafkashlik qilish kabi ishlar zalolatga olib boruvchi bidʼatlardir.

Zalolat esa qiyomat kuni insonning yuzini qora boʻlishiga sababchi boʻladi.  Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Baʼzi yuzlar yorugʻ va baʼzi yuzlar qorayadigan Kun (qiyomat)ni eslang...” (Oli Imron surasi, 106-oyat), degan oyatni: “Ahli sunna val-jamoat”ning yuzi yorugʻ boʻladi, ahli bidʼat va zalolatning yuzi qorayadi”, deb tafsir qilganlar (Imom Molik, Imom Daylamiy rivoyati).

Alloh taolo barchamizni turli xil zalolatlardan asrab, Oʻzining haq yoʻlida bardavom qilsin!

R.AKBAROV,

Qashqadaryo viloyatdagi vakillik xodimi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish