550

Talabalar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazilmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Yoshlar haftaligi” doirasida Islomshunoslik fakulteti talabalari o‘rtasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.

Kuni kecha futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘yinlarining fakultet bosqichi saralash o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Fakultetning 1-4-kurs talabalari ishtirok etgan murosasiz bahslarda 3-o‘rinni “Muarrix” (Tarix 3-bosqich talabalari) va “Ittifoq” (Islomshunoslik 2-bosqich talabalari) jamoalari, 2-o‘rinni “Osmondagi bolalar” (Dinshunoslik 2-bosqich talabalari) va nihoyat 1-o‘rinni “Yaxshi amaki” (Terma) jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
14
Yoshlar bilan ishlash
Bir guruh talabalar taqdirlandi
13:32
Apr
27

Izoh qoldirish