167

Mutaassiblik haqida tushuncha

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Bismillahir rohmanir rohim

Alhamdulillahi robbil a’lamin. Allohumma solli ala sayyidina Muhammad va a’la a’lihi va as’habihi ajma’iyn.

Shariatimiz doimo mutaassiblikka qarshi bo‘lib, uning asl manbalari bo‘lgan Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarda bu bid’at ish juda qattiq qoralangan.

Mutaassiblik – biron e’tiqodga yoki dunyoqarashga o‘ta berilganlik, o‘z fikrida qat’iy turib olib, boshqalarning fikrini inobatga olmaslik hamda inkor qilish va hamisha o‘zini haq deb bilishdir. Hozirgi zamon tili bilan buni “fanatizm” ham deyiladi.

“Kashshof-u istilohotil funun” kitobida: “Mutaassiblik – garchi dalil ko‘rinib turgan bo‘lsa ham, bir tomonga moyillik tufayli haqni rad etishdir”, deb ta’riflangan. Ulamolardan Alloma Taftazoniy: “Mutaassiblik – haq zohir bo‘lsa ham uni tan olmaslikdir”, deb aytgan. Shayx Alovuddin Buxoriy: “Dalil zohir bo‘lganda, aqidasi haqni tan olishdan to‘sadigan kishi mutaassib hisoblanadi”, deb ta’rif bergan. Sodrush shari’a Ubaydulloh ibn Mas’ud al-Mahbubiy esa: “Bilingki, bid’at ikki ishning biridan paydo bo‘ladi; birinchisi mutaassiblikdan, ikkinchisi ahmoqlikdan. Bir inson aqli joyida bo‘lgan holida qalbidagi aqidasi buzuq bo‘lgani bois haqni tan olmasdan katta ketsa, ana shu kimsa mutaassib bo‘ladi”, deb aytgan ekan.

Alloh taolo bunday kimsalarga tahdid qilib Niso surasining 15-oyatida “Kim o‘ziga hidoyat ravshan bo‘lgandan keyin Payg‘ambarga xilof qilsa va mo‘minlarning yo‘lidan boshqa yo‘lga yursa, ketgan tomonga qo‘yib qo‘yamiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy!”, deb aytgan.

Xulosa qilib aytganda, inson mutaassiblik illatidan saqlanishi bu ayni islom dinida sobit bo‘lishi demakdir. Alloh taolo barchamizni bunday illatlardan asrasin.

Salimxon JAMOLIDDINOV,

Mir Arab oliy madrasasi talabasi

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish