142

Sogʻlom va barkamol shaxsni tarbiyalashga barchamiz mas’ulmiz

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Jismonan yetuk, ma’nan barkamol, intellektual salohiyatga ega avlod har qanday davlat va jamiyatning eng asosiy yutug‘i va boyligi sanaladi. Bu bebaho boylikka esa osongina erishib bo‘lmaydi. Bu borada eng birinchi omil sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdir. Nafaqat ota-ona, balki ta’lim muassasalaridagi insonlar ham bunga mas’ul hisoblanadi. Zero, millat salomatligi tabiiy ravishda sog‘lom turmush tarzi orqali hal etiladi. Bu borada zamonaviy ilm-fan bilan birga muqaddas dinimizda kelgan ko‘rsatmalarga ham murojaat qilinsa, ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. 

Sog‘lom turmush tarzining asosini tashkil qiluvchi – to‘g‘ri ovqatlanish, badan va kiyim pokligi, xushbo‘ylik surtib yurish, sport (ayniqsa, badantarbiya) bilan muntazam shug‘ullanish bilan bir qatorda shaxs ruhiy-ma’naviy tarbiyasiga ham e’tibor qaratish lozim. Zero, jismoniy va ruhiy salomatlik qushning ikki qanotiga qiyos qilinadi. Ruhiy barkamollikni ta’minlab beruvchi eng muhim omil bu – kitobxonlik (ilm tahsil qilish)dir. Bunda ayniqsa, ilm-fan, badiiy adabiyotga doir, qolaversa, shaxs ma’naviy kamolotiga, axloqiy tarbiyasiga oid asarlar va bugungi kunimizda o‘ta muhim bo‘lgan, “axborot iste’moli madaniyati”ni shakllantiruvchi kitoblarni ustozlar tavsiyasiga binoan mutolaa qilish o‘ta samarali usul hisoblanadi.           

Fikrlarimizni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini yakunlasak:

“Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. Gʻarazli kuchlar sodda, g‘o‘r yoshlarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin, tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim”

Is’hoq ARABOV,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tadqiqotchisi

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish