178

Islom – ezgulik dini

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Barchamizga ma’lumki, islom dini tinchlik va omonlik dini bo‘lib, u doimo insonlarni ahillik birdamlik va totuv yashashga, nafaqat insoniyat balki, nohaq biror jonzotga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslikka chaqiradi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining muborak hadislarida shunday marhamat qiladilar: “Qo‘li va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”. Diyorimizga ham islom dini kirib kelgandan buyon ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz mujtahid ulamolarimiz tomonidan Qur’oni karim, hadisi nabaviyaga asoslangan moʻtadil hanafiy mazhabi ta’limotiga muvofiq e’tiqod bilan, mazkur mazhab asosida ibodatlarini ado qilib kelganlar.

Ma’lumki, tarixda nafaqat islom dini taraqqiyoti yo‘lida, balki, dunyoviy ilm-fan rivoji yo‘lida mutafakkir yurtdoshlarimizdan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi yuzlab allomalar munosib xizmat qilganlar.

Mamlakatimiz mustaqillikdek ulug‘ ne’matga erishgandan so‘ng jafokash xalqimiz o‘z milliy va diniy qadriyatlariga ega bo‘ldi. Xususan, boshqa din vakillari qatorida musulmonlar uchun ham minglab masjidlar ochildi. Diniy ta’lim maskanlari faoliyat yurita boshladi. Ota-bobolarimiz orzu qilib yeta olmagan haj va umra safarlariga keng yo‘l ochildi. Din erkinligi, vijdon erkinligi qonun bilan mustahkamlab qo‘yildi. Shu bois, mamlakatimizda amalda bo‘lgan vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunda ham halqimiz ruhiga mos keladigan iymon e’tiqod mehr-oqibat, or-nomus iffat va hayo kabi ezgu fazilatlar o‘z aksini topgan. O‘zbekiston xududida yashovchi barcha xalqlarni urf-odatlari milliy an’analari hurmat qilinishi kafolatlangan. Yoshlarimiz tarbiyasida, xalqimizning ma’naviyatini yuksaltirishda imom-xatiblarimiz faol qatnashib kelishmoqda.

O‘zga yurtlarda musulmonlar orasida turli xil ixtiloflar kelishmovchiliklar nizolar paydo bo‘la boshladi. Turli oqimlar ta’siriga tushgan ayrim kimsalar diniy ilmlarga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimiz tutgan yo‘llarini qoralab, hattoki, o‘tgan ulamolarimiz, avliyolarimiz qo‘yinki, mazhabga amal qiluvchi musulmonlarni iymonsiz kofir va mushriklikda hayot kechirgan deya ularga qarshi chiqdilar.

Mustaqillik tufayli erishilgan din va qadriyatlar erkinligiga noshukrlik qilgan johil kimsalar turli ekstremistik oqimlar taьsiriga tushib dinimizga, osoyishta hayotimizga zararli ixtiloflarni keltirib chiqarishdi. Tinchligimizni buzib qator hunrezliklarni amalga oshirdilar. Biz o‘zligimizni, ajdodlarimiz kim ekanligini bilib, o‘rganib o‘z davrlarida butun islom olamiga dars bergan allomalarimiz, ustozlarimiz izidan borib ahli sunnat val-jamoa e’tiqodida mahkam tursak, doimo ogoh bo‘lsak, yoshlarimizni turli buzg‘unchi guruhlar ta’siridan saqlay olamiz. 

Payg‘ambar alayhissalom: “Din nasihatdir” deb marhamat qilganlar. Nasihat deb birovni ezgulikka boshlash, mehr oqibatga targ‘ib qilish, birdamlikka chaqirishga aytiladi. Aqidaparastlarning tafriqaga, shafqatsizlikka chaqirishlarini nasihat deb bo‘lmaydi. Shunday ekan o‘z diyorimizdan chiqqan ulamolar, fuzalolar bizlarga meros qilib qoldirgan kitoblar, bizni to‘g‘ri yo‘lda yurishimizda kifoya qiladi. Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek: “Din odamzodni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoni o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi. Odam bolasini hushyor bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi”.

Alloh hech birimizni o‘zi ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin. Yurtimizni tinch, osmonimizni musaffo qilsin!

Ma’rufxon ALOXODJAYEV,

Namangan shahri “Abdulqodir qori” jome masjidi imom-xatibi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish