67

Kamoliddin Behzod – buyuk musavvir

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida buyuk musavvir Kamoliddin Behzod hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Kamoliddin Behzod – buyuk musavvir” deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Chet tillari” kafedrasi tomonidan Talabalar turar joyida tashkil etilgan tadbirda “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 1-kurs talabalari tomonidan taqdimotlar qilindi.

Tadbirda buyuk ijodkorning hayot yo‘li hamda uning ijodiy faoliyati haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi. Ayniqsa, Kamoliddin Behzod qalamiga mansub miniatyura namunalari ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi. 

Tadbir talabalar uchun foydali ma’lumotlarga boy tarzda o‘tdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish