29

Akademiya xodimlari uchun davlat tilida ish yuritish va imlo savodxonligi bo‘yicha diktant o‘tkazildi

O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda.

Shu bois, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar uchun davlat tilida ish yuritish va imlo savodxonligini oʻrgatish maqsadida diktant tashkil etildi.

Mazkur tadbir Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan o‘tkazildi.

Unda Akademiya o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etgan holda diktant yozdilar.

Diktant yozishdan avval mas’ullar tomonidan Akademiyada davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari haqida so‘z yuritildi. 

Bugungi kunda Akademiyada barcha ish hujjatlari, xat-yozishmalar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borilmoqda. Akademiya veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlari ham shu alifboda yuritilmoqda.

Diktant yozish davomida Akademiya jamoasi o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirdilar.

Izoh qoldirish