9

Yurtimizning turizm imkoniyatlari: Janubiy Koreya tajribasi

Turizm jahon iqtisodiyotining eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri sifatida yangi ish oʻrinlari yaratish, infratuzilmani rivojlantirish va xalqlar oʻrtasidagi madaniy almashinuvni kuchaytirishga ham xizmat qiladi. Hozirgi global raqobat sharoitida har bir davlat ilgʻor tajribalar va innovatsiyalar asosida turizm bozorida oʻz mavqeini yaxshilashga intilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Janubiy Koreya tajribasi Oʻzbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.

Shubhasiz, mamlakatimizning boy madaniy merosi, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz shaharlaridagi noyob tarixiy obidalar dunyo ahlini doimo oʻziga rom etib keladi. Soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, transport tarmoqlari, mehmonxona xizmatlari va sayyohlik obyektlari faoliyatini takomillashtirishga katta ahamiyat qaratilib, salmoqli investitsiya kiritilmoqda. 

Manba: “Jadid” gazetasi 5-iyul 2024-yil, 28-son

Nurislom Toʻxliyev,

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, akademik

Maqolani yuklab olish uchun

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish