
Sohibqiron Amir Temur – buyuk davlat arbobi
Amir Temur o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz – Sohibqiron Amir Temur nafaqat o‘zbek xalqining, balki bashariyatning ham qalbidan chuqur joy olgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shu kunlarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi yurtimiz bo‘ylab katta xursandchilik bilan o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham sana munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temur – buyuk davlat arbobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zR FA Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Hamidulla Lutfullayev, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, kafedra mudiri G‘ayrat Rasulov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar tomonidan Sohibqiron Amir Temur nafaqat o‘z davridagi eng qudratli davlat asoschisi, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat homiysi, balki Osiyo va Yevropa qit’alarida ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan inson ekani ta’kidlandi.
Buyuk bobomizning hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlar, uning dunyo tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritishdi.
Buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur tavalludining 689 yilligi arafasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ulug‘ ajdodlarimiz siymosiga yuksak ehtirom ko‘rsatish, xususan, jahon taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan, mardlik va adolat timsoli sifatida ulug‘lanadigan Amir Temur hayoti hamda faoliyatini o‘rganishga nafaqat o‘zimizda, balki xalqaro miqyosda qiziqish juda katta ekanligi ta’kidlandi. “Temur tuzuklari” asari yoshlarni vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish