2

Eslasam, ko‘nglim yorishur

NURLI XOTIRALAR 

Mamlakat hech qachon o‘z-o‘zidan rivojlanib qolmaydi. Ayniqsa, endigina mustaqillikka erishgan, barcha jabhada taraqqiyot sari intilayotgan davlatlarda jamiyatning umumiy saviyasi, insonlarning intellektual salohiyati, ayniqsa, ilmiy-ijodiy ziyolilarning sa’y-harakatlari, ijtimoiy faolligi alohida o‘rin tutadi. 

Taniqli davlat va jamoat arbobi, sharqshunos olim, mohir pedagog va diplomat, iqtisodiyot fanlari doktori Rustam Sobirovich Qosimov (1955-2021) istiqlolning dastlabki yillaridan turli mas’ul vazifa va lavozimlarda ishlab, ta’lim tizimini takomillashtirish, yuksak malakali kadrlar tayyorlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, diniy-ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, keksalar, xotin-qizlar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda boy bilim va tajribasi, yuksak salohiyatini safarbar etgan edi. 

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Rustam Sobirovichni hurmatlab, o‘zining eng yaqin ko‘makchisi, maslahatgo‘yi deb bilar edi. 

Yaqinda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu zakiy va donishmand insonning ibratli hayot yo‘li, samarali ijtimoiy va siyosiy faoliyati, betakror fazilatlari haqida zamondoshlari va yaqin do‘stlari, hamkasblari va shogirdlarining samimiy xotiralaridan iborat “Rustam Qosimov zamondoshlari xotirasida” kitobi nashrga tayyorlandi. 

Quyida mazkur to‘plamdan o‘rin olgan yodnomalardan biri e’tiboringizga havola etilmoqda.

Xayriddin Sultonov

Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2025-yil, 30-aprel, 87-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish