1

Diniy-ma’rifiy islohotlar inson manfaatlarini ko‘zlaydi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 21-apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida keng qamrovli maqsadlar nazarda tutilgan. 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasida belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish, diniy-ma’rifiy sohadagi ezgu g‘oya va tashabbuslarni xalq manfaatlaridan kelib chiqib izchil davom ettirish farmonning mazmun-mohiyatini tashkil qiladi. 

Prezidentimizning ochiq va pragmatik tashqi siyosati, uzoq va yaqin davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi tashabbusi tufayli O‘zbekistonning do‘stlari, xayrixohlari xalqaro maydonda ham ko‘payib bormoqda. Qo‘shni, yaqin va uzoq jamiyatda diniy bag‘rikenglik va dinlararo do‘stlik-hamkorlik g‘oyalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu holatni nafaqat yurtdoshlarimiz, balki turli mamlakatlardan kelgan mehmonlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ham e’tirof etmoqda. 

Muzaffarxon Joniyev,

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori,

tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2025-yil 3-may, 90-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish