
Yoshlar bandligini ta’minlash – dolzarb masala
Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi talabalari uchun bandlikka ko‘maklashishga qaratilgan uchrashuv va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, “O‘zmilliybank” AJ hamda 50 dan ziyod xususiy sektor vakillari hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur tadbirda 2 mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, yirik tadbirkorlar va soha korxona-tashkilotlari qatorida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Akademiya talabalari ham ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va real ish imkoniyatlarini yaratishdan iborat.
Tadbir doirasida “Biznes marafon” motivatsion seminar-treningi, ochiq muloqotlar, kasbga yo‘naltirish va ishga joylashishga oid maslahatlar hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
Muloqotda poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 2 mingdan ziyod bitiruvchi talaba-oshlar, yirik tadbirkorlar va soha korxona-tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda soha vakillari va mas’ul mutasaddilar tomonidan talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida bitiruvchi kurs talabalari uchun muvaffaqiyatga erishgan taniqli tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” motivatsion seminar-trening hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, bitiruvchilarga real ish takliflari taqdim qilindi.
Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida yoshlarga biznesni boshlashda ko‘maklashish, moliyaviy va huquqiy maslahatlar berildi. Amaliy tavsiyalar va ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha tegishli axborotlar taqdim etildi.
Mazkur uchrashuvlar nafaqat yoshlar bilan bevosita muloqot maydoni, balki ularning kasbiy shakllanishiga xizmat qiluvchi real platforma vazifasini o‘tamoqda. Bugungi yoshlarga bilim, motivatsiya va imkoniyat berish — bu nafaqat ularning shaxsiy rivojiga, balki umummilliy taraqqiyotga qaratilgan katta tashabbusdir. O‘zbekistonda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik, yoshlar uchun ochiq muloqotlar va maqsadli loyihalarning amalga oshirilishi, yurtimizning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojida mustahkam tayanch vazifasini o‘tamoqda.
Uchrashuvda poytaxdagi yirik tadbirkorlar, Oliy ta’lim muassasalarining rektorlari va bitiruvchi yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazildi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Bugungi kun yoshlari – ertangi kun yetakchilari. Ularga ko‘mak berish, imkoniyat yaratish va yo‘l ko‘rsatish – bu jamiyat taraqqiyotiga eng katta sarmoyadir.
Izoh qoldirish