
Olimlik umrboddir
Muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan hikmati, mana, oradan 12 asr o‘tgan bo‘lsa ham, o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi. Sakson yillik umrim davomida bu so‘zlar haqiqat ekaniga guvoh bo‘ldim. Prezidentimiz farmoniga binoan “Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlangan kunlarimda ortda qolayotgan umr va ilm yo‘lim haqida ko‘p o‘yladim. Bu manzilga olib kelgan ba’zan ravon, ba’zan chaqirtikonli yo‘llarni qayta bosib o‘tganday bo‘ldi.
Men 1945-yilda Toshkent shahrida, oddiy ishchi oilasida tug‘ilganman. Bolaligim o‘ta og‘ir yillarga to‘g‘ri keldi. Zamon qanchalar murakkab va nozik bo‘lmasin, ota-onam bilim olishimga katta e’tibor qaratdi. 1970-yilda Toshkent davlat universitetining Sharq fakulteti arab tili bo‘limini muvaffaqiyatli bitirdim. Soham bo‘yicha yangi bilimlarni egallash va tajriba oshirish maqsadida bir necha yil Misr va Iroqda tarjimonlik qildim.
Misr Arab Respublikasining Ayn ash-Shams universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishladim. Vatanga qaytgach, to‘plagan ilmimni ToshDU Sharq fakultetining arab filologiyasi kafedrasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetini rivojlantirishga yo‘naltirdim. Hozirgi kunda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqdaman.
Abdulhay Abdullayev,
“Imom Buxoriy” ordeni sovrindori
Manba: “Jadid” gazetasi 2025-yil 5-sentabr, 36-son

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish