
Qirqqal’a universiteti rektori Akademiya talabalariga ma’ruza qildi
Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Turkiya Respublikasining Qirqqal’a universiteti rektori, professor Ersan Aslan boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.
Akademiya rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvdan so‘ng Qirqqal’a universiteti rektori, professor Ersan Aslan tomonidan talabalar uchun “Ilm-fan tarixi” mavzusida ma’ruza darsi o‘tkazildi.
Dars davomida eramizdan avvalgi asrlar, o‘rta asr Uyg‘onish davri hamda XV-XVI asrlardagi Renessans davrlari haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, ma’ruzachi islom olamiga boshqa madaniyat markazlaridan ilm olib kelgan asosiy yo‘llarga to‘xtalib o‘tdi.
Xususan, XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning ko‘p sohalarida yuksalish yuz bergani, jahonga mashhur olimlar, tabiatshunoslar va shoirlar yetishib chiqqanini ta’kidlar ekan, bashariyat tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan allomalarimizning ilmiy faoliyatlarini alohida e’tirof qildi.
Shuningdek, ilm-fan kashfiyotlari, ularning insoniyat rivojidagi hissasi borasidagi ilmiy mulohazalar talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish