
Til – milliy o‘zlik asosi
Har bir millatning qiymati, hatto ruhi ham bu uning tilidir. Til bor joyda millat mavjud, millat bor joyda esa tarix, madaniyat, g‘urur va iftixor yashaydi. O‘zbek tili ana shunday bebaho meros bo‘lib, u xalqimizning asrlar davomida yaratgan ma’naviy xazinasi, tafakkuri va or-nomusining timsoli hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: “O‘zbek tili – bizning milliy g‘ururimiz, mustaqil davlatimizning buyuk ramzidir”. Bu so‘zlar o‘zbek tili faqat aloqa vositasi bo‘lib emas, balki mustaqillik va milliy o‘zlikni anglashning yorqin timsoli ekanini ko‘rsatadi.
O‘zbek tili – vatanimizning tarix va qadriyatlar ko‘zgusi. Tilimiz ildizlari ming yillik tarixdan suv ichgan. U qadimiy turkiy tillarning davomchisi o‘laroq, buyuk sivilizatsiyalar bilan yonma-yon yashab, ularning ilmiy va adabiy yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida “Turkiy tilda so‘z aytmak ulug‘ fazldur, chunki bu tilning qudrati kengdur”, deya ta’kidlagan edilar. Navoiyning bu fikrlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Chunki u o‘zbek tilining qudratini, badiiy salohiyatini va mustaqil tildan davlat tiliga o‘tish yo‘lidagi poydevorini yaratgan edi.
Mustaqillik davrida o‘zbek tili nufuzi yana ham sayqallandi. 1989-yil 21-oktabr o‘zbek xalqi tarixida oltin harflar bilan yozilgan sana hisoblanadi. Aynan shu kuni o‘zbek tili davlat tili maqomini olgan. Bu jarayon millatimiz o‘zligini anglashda, milliy iftixorni yuksaltirishda g‘oyat katta ahamiyat kasb etgan.
Ayniqsa, O‘zbеkistоn Prеzidеntining 2019-yil 21-оktabrdаgi “O‘zbеk tilining dаvlаt tili sifаtidаgi nufuzi vа mаvqеini tubdаn оshirish chоrа tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi fаrmоni vа bu fаrmоn аsоsidа dаvlаt tilini rivоjlаntirish vа tаkоmillаshtirish bоrаsidа qаtоr ishlаr аmаlgа оshirilgаnligi, buning yaqqоl dаlilidir. Til sоfligini sаqlаsh, ilmiy аsоslаngаn so‘z vа аtаmаlаrni istе’mоlgа kiritish, аdаbiy til nоrmаlаri аsоsidа fаоliyat оlib bоrishni tаshkillаshtirish ishlаrining qоnun hujjаtlаri dоirаsidа bеlgilаnishi muhim vа zаruriy vаzifаlаrdаn bo‘ldi.
Bu bоrаdа fаrmоngа muvоfiq, Vаzirlаr Mаhkаmаsi tuzilmаsidа Dаvlаt tilini rivоjlаntirish dеpаrtаmеnti tаshkil qilindi vа dеpаrtаmеnt tоmоnidаn tilni rivоjlаntirish, uning nufuzini оshirish bo‘yichа qаtоr mа’rifiy ishlаr оlib bоrilmоqdа. Bundаn ko‘rinаdiki, o‘zbеk tilini yanаdа tаkоmillаshtirish, uning sоfligi vа milliy jihаtlаrini аsrаsh hаr qаchоngidаn muhim vа dоlzаrb ekаnligini bugungi glоbаllаshuv jаrаyonlаri ko‘rsаtmоqdа. Аyni pаytdа til sоfligini sаqlаsh, uni milliy ruhdа o‘z mаqоmidа аsrаsh hаr bir хаlqning mа’nаviy bоyligi, dаvlаtning nufuzi sifаtidа bаhоlаnmоqdа. Zеrо, til millаtning yaхlitligini, milliy birligini, mа’nаviy jihаtlаrini ko‘rsаtаdigаn muhim vа аsоsiy mеzоni hisоblаnаdi.
Bugungi kunda ham ulg‘ayotgan yosh avlodni ona tiliga sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib kelmoqda. Tilni bilgan inson millatini, tarixini va ajdodlar merosini yaxshi biladi. Shu sababli ham maktablarda, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini chuqur o‘rgatish, uni rivojlantirish davlat siyosatining bir yo‘nalishiga aylangan. Bugungi globallashuv davrida ingliz, rus va boshqa xorijiy tillarning keng tarqalishi o‘zbek tilining ahamiyatini kamaytirmaydi, aksincha, uni yangidan yangi bosqichga olib chiqadi. Axborot texnologiyalari, tarjima dasturlari, onlayn ta’lim platformalari orqali o‘zbek tili ijtimoiy muhitda ham o‘z o‘rnini topgan. Yangi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining milliy korpusi” kabi loyihalar tilimizni ilmiy va texnologik rivoj yo‘liga olib chiqmoqda.
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tili bu shunchaki so‘zlar tizimi emas, balki xalqning ming yillik tarixi, g‘ururi, shon-shuhrati va orzularining ajralmas ifodasidir. Tilni e’zozlash – millatni ulug‘lash bilan barobar. Bugun bizning burchimiz – o‘zbek tilini ardoqlash, muloqotimizda sof holatda foydalanish, uni avlodlarga sayqallantirib, asl holatda yetkazishdir. Zero, o‘zbek tili milliy iftixor ramzi sifatida abadiy barhayot yashashi biz yoshlar qo‘lida.
Ziyoda Ziyodullayeva,
“Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Izoh qoldirish