Akademiyaga Qatar Davlatining mamlakatimizdagi elchisi tashrif buyurdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim tashrif buyurdi.
Hurmatli mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, prorektorlar – Olim Astanakulov, Irgash Daminov hamda rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev kutib oldi.
Suhbat avvalida Akademiya rektori Qatar Davlati xalqini 18-dekabr – Qatar Davlatining Milliy kuni bilan tabrikladi.
Ushbu tashrif mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi ekanini e’tirof qildi.
Ayniqsa, Qatar Davlati Vaqf va islom ishlari vazirligi tomonidan Akademiyaga taqdim etilayotgan 17 nomdagi 600 ga yaqin qimmatli kitoblar uchun chuqur minnatdorlik bildirildi.
Albatta, bu kabi samimiy do‘stlik aloqalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Qatar Davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy o‘rtasidagi do‘stona muloqot, samimiy hamkorlik tobora kuchayib borayotganining zamiri ekani ta’kidladi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning yetakchi davlatlaridan biri sifatida o‘zining boy tabiiy resurslari, strategik geografik joylashuvi va iqtisodiy islohotlari bilan xalqaro hamjamiyatda tobora muhim o‘rin egallab bormoqda. Qatar esa O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan strategik hamkorlaridan biri sanaladi.
Shundan so‘ng Akademiya majlislar zalida kitoblar taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish