Malayziya texnologiya universiteti bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Malayziya texnologiya universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani Mohd Hilmiy bin Ramli boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Olim Astanakulov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Shahzod Islamov ishtirok etdi.
Suhbat avvalida Akademiya prorektori mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga tashrifi bilan qutlab, akademiya faoliyati bilan tanishtirdi. Xususan, ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohalarida aloqalar tobora rivojlanayotganini alohida qayd etdi.
O‘z navbatida Mohd Hilmiy bin Ramli Akademiya rahbariyatiga qabul va tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, 2026-yil birinchi yarmida mo‘ljallangan Malayziya Qirolichasi Raja Zarit Sofiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Raja Zarit Sofiya nomidagi Islom fan va sivilizatsiya bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlar markazi haqida ma’lumot berildi.
Samimiy muloqot davomda Akademiya va Malayziya texnologiya universiteti o‘rtasida 2026-yilda Anglashuv memorandumini imzolash va “yo‘l xaritasi”ni tuzish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvlarini tashkil qilish muhokama qilindi.
Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish