Jaholatga qarshi ma’rifat bilan
Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filiali (MGIMO)da “Yoshlar o‘rtasida radikal diniy g‘oyalar tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori Bektosh Berdiyev mavzu doirasida ma’ruza qildi.
Akademiya vakili o‘z nutqida terrorizm va diniy ekstremizm tahdidlari o‘z ahamiyatini yo‘qotmagani, aksincha, ijtimoiy tarmoqlar va global internet tarmog‘i imkoniyatlari tufayli bu illat yanada kuchayib borayotganini ta’kidladi. Yoshlar buzg‘unchi g‘oyalar targ‘iboti nishonida qolayotganini misollar orqali tushuntirib berdi.
Tadbirda tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qilishi, globallashuv davrida yoshlarda milliy g‘urur tuyg‘usini va yot g‘oyalardan saqlovchi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda bu kabi davra suhbatlarining ahamiyati katta ekani ta’kidlandi.
Davra suhbati yakunida MGIMO-Toshkent filiali direktori Matyoqub Baqoyev so‘zga chiqib, professorga mazmunli ma’ruzasi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish