Maqsad va imkoniyat
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlar davomiyligi va taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilab bergan muhim tarixiy hujjat bo‘ldi. Ushbu nutq nafaqat o‘tgan davr sarhisobi, balki mamlakatimizning 2026-yil va undan keyingi yillardagi iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy qiyofasini chizib bergan strategik dasturulamaldir.
Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyati uchun nafaqat qadimiy Ipak yo‘lidagi tarixiy manzil, balki yuqori texnologiyali servis va zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan xavfsiz va jozibador turistik markaz sifatida qayta kashf etilmoqda.
Davlatimiz rahbari turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishdagi eng katta zaxiralardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tdi. Unga ko‘ra, endigi vazifa, birinchidan, yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini ko‘paytirish, ikkinchidan, har bir kelgan mehmonga yuksak darajada xizmat ko‘rsatish, ularning xavfsizligi va mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishdir.
Olim Astanaqulov,
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi prorektori
Manba: “Jadid” gazetasi 2026-yil 23-yanvar, 4-son
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish