ONG KELAJAKNI BELGILAYDI
Endi front chizig‘i yo‘q
Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki jahondagi boshqa davlatlar ham keng qamrovli xavfsizlik masalasi yechimi yuzasidan turli chora-tadbirlar ustida bosh qotirmoqda. Negaki bugunga kelib, bu tushuncha yangi mazmun kasb etdi. Endi davlat tinchligi, farovonligi va taraqqiyoti hududiy yaxlitlik yoki iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, jamiyatning ma’naviy-mafkuraviy holatiga, qadriyatlar tizimi hamda fuqarolar ongidagi barqarorlikka bevosita bog‘liq bo‘lib qoldi. Shu nuqtayi nazardan, “endi front chizig‘i yo‘q” degan so‘z tizginsiz tuyg‘ularga tayangan mubolag‘a emas, zamonaviy geosiyosiy voqelikning aniq ifodasi, deyish to‘g‘riroqdir.
Bugunga kelib axborot, ta’lim, madaniyat, din va yana birtalay ijtimoiy omillar vositasida inson ongi, jamoatchilik fikri hamda ma’naviy muhitni shakllantirish va boshqarish imkoniyati yanada osonlashdi. Kognitiv urush – inson ongi, idroki, fikrlash usuli va qaror qabul qilish jarayonini o‘zgartirishga qaratilgan maqsadli ta’sirlar majmuasidir. U klassik harbiy urushdan farqli ravishda, axborot, g‘oya, talqin, ramziy va psixologik usullar orqali amalga oshiriladi. Gibrid tahdid – bu bir vaqtning o‘zida bir nechta turdagi ta’sir va bosim vositalarini uyg‘un holda qo‘llash orqali davlat, jamiyat yoki muayan guruhni beqarorlashtirish, zaiflashtirish yoki boshqarishga qaratilgan kompleks tahdiddir. Aslida, hanuz to‘xtamagan, kundan-kun yangicha shakl va ko‘rinishlarda davom etayotgan bu xatarlar bilan yuzma-yuz kelmagan davlat ham, jamiyat ham yo‘q hisobi.
Global axborot makonida kuzatilayotgan ma’naviy-mafkuraviy barqarorlikka tahdid o‘ta jiddiy strategik xatardir. U xalq va inson ongini nishonga oladi, shu orqali jamiyatga ham, suverenitetga ham tahdid qiladi.
Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi,
“Ziyo” media markazi direktori
Manba: “Jadid” gazetasi 2026-yil 13-fevral, 7-son
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish