Akademiyada Al-Azhar universiteti vakillari ishtirokida ilmiy seminar o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Misr Arab Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi yakunlariga ko‘ra, Al-Azhar majmuasi bilan ta’lim, imomlar malakasini oshirish, fatvo yo‘nalishlarida hamkorlikni jadallashtirish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Al-Azhar universiteti professorlari ishtirokida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Zamonaviy fiqhiy masalalarga Misr ulamolarining fatvolari”, “Oilaviy munosabatlarni tartibga solishda zamonaviy qonunchilikning qiyosiy tahlili” hamda “Xotin-qizlar va bola huquqlarini ta’minlashda islom huquqi tamoyillarining mohiyati” mavzularida ilmiy-o‘quv seminar tashkil etildi.
“Ijtimoiy fanlar va huquq” tomonidan tashkil etilgan seminarda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Ushbu seminarda Al-Azhar universiteti Shariat va huquq fakultetining Usul al-fiqh (islom huquqshunosligi) bo‘yicha faxriy professori va Islom tadqiqotlari akademiyasi a’zosi Mahmud Hamed Muhammad Usmon, Al-Azhar universiteti magistratura va doktorantura fakultetining dekani, Islom tadqiqotlari akademiyasi va Jidda shahridagi Xalqaro islom fiqh akademiyasi a’zosi Abdulla Mabruk Muhammad Abdulaziz an-Najjor, Xalqaro islom aholishunoslik va tadqiqot markazi direktori, akusherlik va ginekologiya professori Gamaleddin Ibrohim Muhammad Abu as-Surur, Balog‘at va tanqid kafedrasi professori, Islom tadqiqotlari akademiyasi a’zosi Ibrohim Saloh as-Sayyid Sulaymon al-Hudhud, biotibbiyot professori, Mervat Mahmud Muhammad Mahmud ishtirok etishdi.
Mazkur seminar xalqaro ilmiy, o‘quv hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy bilim va tajribalarni almashish hamda ta’lim jarayonining innovatsion va samarali tizimlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim amaliy platforma sifatida ahamiyat kasb etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar ma’ruzalarda ko‘tarilgan mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish