Amir Temur – buyuk siymo
Umumbashariyat tarixida mislsiz ahamiyatga ega boʻlgan buyuk Sohibqiron Amir Temur siymosida xalqimizning kuch-qudrati, adolatparvarligi, bunyodkorligi mujassam. Zero, Amir Temur o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi.
Ma’lumki, har yili Amir Temur tavallud topgan sana yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. Bu yil ham yurtimiz bo‘ylab ulug‘ sarkarda tavalludining yubiley 690 yilligi tadbirlari katta xursandchilik bilan o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham mazkur sana munosabati bilan “Amir Temur – buyuk siymo” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi birnchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi professori Dilorom Alimova, Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari, tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni Akademiya prorektori Habibullo Sadibaqosev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
– Sohibqiron bobomizning Vatan ozodligi va uning himoyasi uchun olib borgan kurashlari ham tahsin loyiqdir, – dedi Habibullo Sadibaqosev. – Bugungi jahon maydonida yuz berayotgan tahlikali voqealar, turli ziddiyatlar, mamlakatimiz tinchligi yoʻlida yanada ogoh boʻlishimizni, “Temur tuzuklari”da berilgan oʻgitlar bugungi kunda ham dolzarb ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatmoqda. Xususan, “Temur tuzuklari”da davlat tizimi, davlatdagi turli lavozimlarning vazifasi, undagi turli toifalar va ularga munosabat, davlatni boshqarishga asos boʻlgan qoidalar, qoʻshinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish, taʼminlash, ragʻbatlantirish kabi qator masalalar bayon etilgan. Ushbu oʻgitlar yoshlarni ona-yurtga muhabbat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi professori Dilorom Alimova, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Saidakbar Agzamxodjayev hamda Ne’matullo Muhamedov so‘zga chiqib, buyuk bobomizning hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlar, uning dunyo tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritishdi.
Tadbirda buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur tavalludining 690 yilligi arafasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ulug‘-ajdodlarimiz siymosiga yuksak ehtirom ko‘rsatish, Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, maʼnaviyati oʻzining salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy kuchi va taʼsiri bilan xalqimiz tarixida alohida oʻrin tutgani borasida soʻz yuritildi.
Sohibqiron Amir Temur bunyodkorlik, adolat, insof-u diyonatni oʻzi uchun shior bilib, xalq dard-u tashvishi bilan yashagan, ilm-fan, madaniyat va maʼnaviyat homiysi boʻlgani taʼkidlab oʻtildi. “Temur tuzuklari” asari yoshlarni vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Muxtasar aytganda, talabalar ishtirokida bu kabi tadbirlarni keng miqyosda oʻtkazish, yoshlar ongida ulugʻ ajdodlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib boʻlishga intilish tuygʻusini kuchaytiradi va shu bilan birga vatanparvar avlodni kamolga yetkazishda zamin boʻlib xizmat qiladi.
Oʻtkazilgan tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish