O‘zbekiston delegatsiyasi Al-Azhar masjidiga tashrif buyurib, uning tarixiy me’morchiligi va ilmiy rolini e’tirof etdi
Yurtimizning diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyasi a’zolari Qohiradagi Al-Azhar masjidiga tashrif buyurishdi.
Vakillarimizni Al-Azhar masjidining texnik ofisi rahbari shayx Ahmad Abdulazim at-Tabbax, kutubxona va axborot texnologiyalari bo‘limi direktori Amr Mandiy hamda jamoatchilik bilan aloqalar va OAV ishlari bo‘yicha texnik ofis a’zosi shayx Ahmad Abdulloh kutib oldi.
Ushbu muhtasham maskan ming yildan ortiq tarixga ega. Tashrif davomida hududdagi talabalar turar joylari va ilmiy maskanlar bilan tanishildi. Mehmonlarga har bir bo‘limning tarixi va asrlar davomida bajargan ilmiy roli, turli sivilizatsiyalar uyg‘unligini aks ettiruvchi me’moriy uslublar haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari masjidning nozik me’moriy bezaklari hamda uni asl holicha saqlab qolishga qaratilgan restavratsiya ishlari darajasidan katta taassurot olganliklarini bildirishdi.
Tashrif yakunida vakillarimiz Al-Azhar masjidida bo‘lganlaridan mamnunligini bildirib, O‘zbekiston va Misr xalqlari o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ilmiy va diniy sohalarda, chuqur va mustahkam ekanini ta’kidlashdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish