Misr Vaqf ishlari vaziri O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi
Avval xabar berganimizdek, yurtimizning diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyasi Misr Arab Respublikasida bo‘lib turibdi. Mazkur tashrif diniy-ma’rifiy soha rivoji yo‘lidagi samarali uchrashuvlar, hamkorlik istiqbollarini belgilashda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Tashrif Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari hamda Misr Arab Respublikasi Vaqf ishlari vaziri, professor doktor Usoma al-Azhariy o‘rtasidagi uchrashuv bilan davom etdi.
Misr katta masjidida bo‘lib o‘tgan samimiy muloqotda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o’rinbosari Shahzod Islomov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi prorektori Irgash Daminov hamda yurtimizdagi diniy-ma’rifiy soha vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv avvalida vazir mehmonlarni samimiy qutlab, Misr va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar va madaniy yaqinlikni alohida ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini va bu yurtdan yetishib chiqqan buyuk allomalarni e’tirof etdi.
Delegatsiya rahbari esa Misrga tashrifidan mamnun ekanini bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar qadimdan mavjud ekanini va bugungi kunda yanada rivojlanib borayotganini ta’kidladi. U Misrning islom va islomiy ilmlarga xizmatini yuqori baholab, islom moliyasi dasturlaridan foydalanish, vaqf tizimini rivojlantirish va O‘zbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi tajribasini o‘rganish, hali tadqiq etilmagan 100 mingdan ortiq islomiy qo‘lyozmalarni ilmiy o‘rganish borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi orqali imomlar va xatiblar uchun zamonaviy trening dasturlari olib borilayotgani, ekstremizmga qarshi kurash, gender tenglik borasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish ma’lum qilindi.
Yakunda tomonlar turli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Tashrif yakunida delegatsiya Misr katta masjidini ko‘zdan kechirdi. Ular masjidning noyob me’morchiligi, zamonaviy va an’anaviy uslublarning uyg‘unligi, keng ibodat zallari va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish