Xorijlik olim ishtirokida davra suhbati
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Sivilizasiyalar almashinuvi va hamkorlik jamg‘armasi (CECF) prezidenti Imom Muhammad Bashar Arafat tashrif buyurdi.
Tashrif munosabati bilan Akademiya professor-o‘qituvchi va talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.
Unda Akademiya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Olim Astanakulov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida Muhammad Bashar Arafat davra suhbatiga taklif etilgani uchun Akademiya rahbariyatiga o‘z minnatdorligini bildirdi hamda o‘zi rahbarlik qilayotgan Sivilizasiyalar almashinuvi va hamkorlik jamg‘armasi (CECF) to‘g‘risida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berdi.
Xususan, quyidagi 4 ta dastur haqida ma’lumot berdi:
Dunyoni yanada teran tushunish dasturi (BUBW) – 2006-yilda kelib chiqishi har-xil va turli e’tiqod an’analariga ega bo‘lgan amerikalik o‘rta maktab o‘quvchilari va xalqaro almashinuv talabalariga bir-birlari bilan uchrashish va tanishish imkoniyatini berish uchun tashkil etilgan. 2020-yildan buyon dastur doirasida 47ta konferensiya o‘tkazilgan va ularda 78 mamlakat vakili ishtirok etgan.
Xalqaro kuzatuvchilar dasturi (IOP) – IOPlar ruhoniylar, olimlar, o‘qituvchilar va jamoat rahbarlari uchun mo‘ljallangan ikki yoki uch haftalik tajriba olish uchun mo‘ljallangan safardir.
Tarjima uchun ingliz tili dasturi (ETPP) – ETPP olimlar, imomlar, ruhoniylar va o‘qituvchilarni fikr almashish uchun Amerika musulmon jamiyatlari va jamoat rahbarlari bilan tanishtiradi.
Chet elda ta’lim dasturi (SAP) – SAP turli din, madaniyat va etnik millatlarga mansub ishtirokchilarni hamkorlik doirasida madaniy boy va diniy tarixga ega mamlakatlar bo‘ylab sayohatga olib boradi.
Muloqot so‘ngida professor-o‘qituvchi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish