1

Turkiyada vatandosh yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tashrif davomida mamlakatimizning Turkiyaning Anqara shahridagi elchixonasida vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov nutq so‘zlab, yoshlarga yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan diniy-ma’rifiy sohadagi yangilanishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Uchrashuv yakunida esa vatan ravnaqi, uning kelajagi aynan zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlar qo‘lida ekanligi yana bir bor ta’kidlandi. Shu bois, ularga yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, sohalarining barcha bilimlarini egallashga intilishlari tavsiya etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish