Manfaatparastlik epidemiyasi
Avval birga ishlagan sobiq hamkasbim bilan uchrashib qoldik. Hol-ahvol so‘rashib, o‘tgan-ketgandan gaplashdik. Suhbat aylanib, xorijiy tajriba haqidagi gaplarga ulandi.
– Yaqinda xorijiy axborot markazlarining tajribasini o‘rganib, amaliyotga joriy qilishni boshladik, – dedim.
– Zo‘r-ku, – dedi u. – Xo‘sh, bundan sizga nima naf?
U yelka qisdi:
– Qo‘ysangiz-chi… O‘rningizda bo‘lsam, hammasini tashlab, biznesga ketardim. Zarilmi, shuncha kuyib-pishib?
Uning bu gapi menga malol keldi. Suhbat tugab, yo‘limiz ayrilganidan keyin esa qator savollar qalashdi xayolimda: Nega inson qilgan har bir ishidan, albatta, shaxsiy manfaat izlashi kerak? Nega umumiy foyda haqida o‘ylash bora-bora soddalik yoki “ahmoqlik”dek ko‘rila boshladi? Nega fidoyilik emas, o‘zini o‘ylash aqllilik sifatida qabul qilinmoqda? Bu savollar faqat menga emas, butun jamiyatga daxldordir.
Jamiyatni tashqi dushmanlardan ko‘ra ko‘proq ichki illatlar zaiflashtiradi. Ichki illatlar shovqin-suronsiz, ko‘zga ko‘rinmay, uzluksiz ta’sir qiladi. Faqat o‘z shaxsiy foydasini ustun qo‘yishga olib keladigan manfaatparastlik esa ana shunday illatlarning biridir. Agar ommaviy tus olsa, jamiyat uchun epidemiyaga teng xavfni keltirib chiqaradi. Bunday muhit ildiz otgan jamiyatda ishonch susayadi, adolat qadrsizlanadi, hamkorlik o‘rnini raqobatning tajovuzkor shakli egallaydi.
Manba: “Jadid” gazetasi
Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi,
“Ziyo” media markazi direktori
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish