Hojilarning ilk guruhlari ona diyorimizga yetib keldi
Kecha “Haj - 2026” ishchi guruhi rahbari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi hojilarimizning dastlabki guruhlari eson-omon yurtimizga yetib keldilar.
Toshkent xalqaro aeroportida nurli va fayzli yuzlarida Vatan sog‘inchi namoyon bo‘lgan hojilarimizni Prezident Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i Muzaffar Kamilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, shuningdek, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari ehtirom ila kutib olishdi.
Muqaddas zaminda dinimizning beshinchi arkonini katta ixlos va ibodat zavqi bilan ado etgan hamurtlarimiz ko‘tarinki kayfiyat ila yaqinlari bilan diydorlashdi.
Hojilarimiz ushbu ulug‘ kunlarga yetkazgani uchun Haq taologa shukronalar aytib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va osoyishtaligi haqqiga xayrli duolar qildilar.
Eslatib o‘tamiz, hojilarimiz muborak diyorda har bir qadamda ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni his etishdi. Muqaddas joylarda haj arkonlarini ixlos bilan bajargan ziyoratchilar safar davomida muhtaram Prezidentimiz, mehridaryo xalqimiz haqiga duolar qilib kelishdi.
Ona Vatan bag‘riga sog‘-salomat qaytib, yaqinlari bilan diydorlashgan hojilarimizning yuz-ko‘zlarida shukronalik, mamnunlik hissi dillarga yanada xursandchilik ulashdi.
Manba:
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish