1

Uchinchi Renessans: buyuk meros, yangi tafakkur va yuksak maqsadlar davri

Vaqt oqar daryo, deydi dono xalqimiz. Tarix oldida bir lahzadek tuyulgan, biroq millat taqdirida asrlarga tatigulik voqea – Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi eʼlon qilinganiga ham roppa-rosa 35 yil toʻldi.

Oʻttiz besh yil, bu – faqatgina raqam yoki taqvimdagi sana emas, bu – butun boshli bir avlodning shakllanishi, milliy davlatchiligimizning tiklanishi va jahon hamjamiyatida oʻz oʻrnini topishining murakkab, ammo sharafli yoʻlidir. Bugun Yangi Oʻzbekiston sharoitida mustaqillikning mazmun-mohiyati yanada teranroq anglanmoqda, uning qadri har qachongidan ham yuksakroq ekanini qalbdan his etmoqdamiz.

Mustaqillik bizga tasodifan yoki osmondan tushgan sovgʻa emas. Uning zamirida ne-ne ajdodlarimizning armonlari, koʻz yoshlari, muttasil kurashlari yotibdi. Tarixga nazar tashlasak, oʻzbek davlatchiligi uch ming yillik ulugʻvor oʻtmishga ega ekanini koʻramiz. Qadimgi Turon zaminida shakllangan ilk davlatlardan tortib, to Sohibqiron Amir Temur asos solgan buyuk saltanatgacha boʻlgan davr bu – millatimizning qon-qoniga singib ketgan ozodlik va bunyodkorlik genining namoyonidir.

Gʻayrat Rasulov,

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi kafedrasi mudiri,

tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori

Manba” Mahalla” gazetasi 2026-yil 29-avgust, 69-70-71-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish