5

“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi haqida

“Informatika va tabiiy fanlar” kafedrasi Toshkent islom universiteti rektorining 2001-yil 28-avgustdagi 01-29-son buyrugʻiga muvofiq, “Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar” fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedra faoliyati davomida axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlim jarayonini rivojlantirish va malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilib kelgan.

2004-yil 2-oktyabrdan boshlab “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida faoliyat yurita boshladi. Ushbu davrda kafedra “Informatika va axborot texnologiyalari” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasidagi mutaxassislarni tayyorlashni amalga oshirdi.

2018-yil 3-avgustdan eʼtiboran kafedra faoliyati yanada kengaytirilib, unga “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi nomi berildi. Hozirgi kunda kafedra zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy taʼminot va axborot xavfsizligi yoʻnalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan shugʻullanib, ikki bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda bitta magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirib kelmoqda..

Bakalavr:

5330200 - Informatika va axborot texnologiyalari; 
5220400 - Axborot xavfsizligini boshqarish;
60610400 - Axborot xavfsizligini boshqarish;

60610500 – Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «AT-Servis», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»);

60610200 - Axborot xavfsizligi

 

Sirtqi:

60610400 -  Axborot xavfsizligini boshqarish;

60610200 - Axborot xavfsizligi

 

Masofaviy:

60610500- Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «AT-Servis», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»)

Magistratura:

70610202 - Axborot xavfsizligi

 

Kafedrada tahsil olayotgan talabalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanishi uchun zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar. Bitiruvchilar turli korxona va tashkilotlarda kompyuter tizimlari va tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va mahalliylashtirish, axborot tizimlarini joriy etish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Shuningdek, ular dasturiy ta’minot ishlab chiquvchisi, dasturchi-muhandis, servis va texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi, axborot xavfsizligi bo‘yicha tahlilchi, kiberxavfsizlik mutaxassisi, mobil ilovalar va veb-dasturlar yaratuvchisi, IT-loyihalar menejeri hamda IT-tadbirkor sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Bundan tashqari, bitiruvchilar axborot xizmatlari va matbuot xizmatlarida raqamli dizayn, multimedia mahsulotlarini yaratish, kontent ishlab chiqish hamda sohaga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yo‘nalishlarida ham muvaffaqiyatli mehnat qilish salohiyatiga ega bo‘ladilar. Kafedra bitiruvchilari davlat va nodavlat tashkilotlari, ilmiy muassasalar hamda axborot texnologiyalari sohasidagi mahalliy va xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan kasbiy kompetensiyalarni egallaydilar

Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda fan doktorlari, professorlar, fan nomzodlari, dotsentlar, Phd, katta oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedra tomonidan Akademiya boʻyicha quyidagi fanlardan maʼruza, amaliyot va laboratoriya mashgʻulotlari olib boriladi:

Dasturlash va dasturiy injiniring

  • Dasturlash 1,2
  • Python tilida dasturlash
  • Java dasturlash tili;
  • Kotlin dasturlash tili;
  • Web dasturlashga kirish;
  • Pythonda web dasturlash
  • Algoritmlarni loyihalash
  • Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar

 

Kiberxavfsizlik

  • Axborot xavfsizligini boshqarishga kirish
  • Kiberxavfsizlik asoslari
  • Ethical Hacking (Madaniyatli xakkerlik)
  • Kiberxavfsizlik siyosati
  • Kiberxavfsizlik jarayonlari va texnologiyalari
  • Kompyuter kriminalistikasi
  • Kriptografiya va kriptoanaliz usullari I
  • Kriptografiya va kriptoanaliz usullari II
  • Axborot uzatish tizimi va tarmoqlari xavfsizligi
  • Ma’lumotlar bazalarida axborot xavfsizligi

 

Tarmoq va tizim administratsiyasi

  • Serverlar boshqaruvi
  • Operatsion tizimlar va ularning xavfsizligi
  • Bulutli texnologiyalar

 

Multimedia va raqamli media:

  • Kompyuter animatsiyasi
  • Multimedia injiniringi
  • Kompyuter grafikasi va web-dizayn
  • Infografik ma’lumotlar vizualizatsiyasi
  • Raqamli media va veb texnologiyalar
  • Internetda media loyihalar

 

Internet texnologiyalari va PR:

  • Internet va PR
  • Internetda ijtimoiy tarmoqlar va bloglar

 

Sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar:

  • Sun’iy intellekt asoslari
  • Raqamli texnologiyalar va innovatsiya
  • Raqamli axborot texnologiyalari
  • Axborot texnologiyalarini sohada qo‘llash

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatini izchil rivojlantirish, zamonaviy ilmiy yutuqlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida faol faoliyat olib bormoqdalar. Ular respublika va xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar hamda davra suhbatlarida muntazam ishtirok etib, o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etib kelmoqdalar. Shuningdek, hamkor oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat hamda nodavlat tashkilotlari bilan birgalikda turli mavzulardagi ilmiy-amaliy seminarlar, treninglar va malaka oshirish tadbirlari tashkil etilmoqda.

2018–2026-yillar davomida kafedra ilmiy salohiyatining samaradorligi professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarda yaqqol namoyon bo‘ldi. Xususan, mazkur davr mobaynida 30 ta monografiya, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tasarrufidagi ilmiy jurnallarda 160 dan ortiq ilmiy maqola, 40 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 45 ta o‘quv qo‘llanma nashr etildi. Bundan tashqari, respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 130 dan ziyod maqolalar chop etilgan bo‘lib, ular axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy injiniring, raqamli ta’lim va kiberxavfsizlik sohalaridagi dolzarb ilmiy muammolarni yoritishga bag‘ishlangan.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy faoliyati xalqaro miqyosda ham munosib e’tirof etilmoqda. Jumladan, Scopus va Web of Science kabi nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda 32 dan ortiq, shuningdek, xorijiy ilmiy jurnallarda 200 ga yaqin maqolalar chop etilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar kafedraning xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyalashuv darajasi va ilmiy tadqiqotlar sifatining yuqori ekanligini tasdiqlaydi.

Innovatsion faoliyat yo‘nalishida ham salmoqli natijalarga erishilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalarning hamkorlikdagi ilmiy-amaliy ishlari natijasida 55 dan ortiq dasturiy mahsulotlar yaratilgan bo‘lib, ular uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan elektron hisoblash mashinalari dasturlari sifatida mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar olingan. Mazkur natijalar kafedrada ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va amaliy dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha mustahkam ilmiy maktab shakllanganligini hamda yosh tadqiqotchilarni ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb etish borasida samarali ishlar olib borilayotganligini ko‘rsatadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan estudy.iiau.uz – masoifaviy ta’lim portal, acm.iiau.uz – dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizim va my.iiau.uz - professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejalari va faoliyatini o‘rganish mezonlari ko‘rsatkichlari axborot tizimini qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. 

Kafedrada talabalarning mutaxassislik boʻyicha bilimini yanada oshirish maqsadida toʻgaraklar tashkil etilgan. Ular:

  • Zamonaviy dasturlash tillari;
  • Kompyuter grafikasi va dizayn;
  • Noinformatik yo‘nalish talabalari uchun kompyuter savodxonligi”;
  • Robototexnika;

Kafedra quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan va hamkor tashkilotlar soni oshib bormoqda:

  • Kiberxavfsizlik markazi DM;
  • “Fido Biznes” kompaniyasi;
  • “O‘zbektelekom” AK;
  • UZINFOCOM MCHJ;
  • O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
  • Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti;
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
  • Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti;
  • O‘zstandart agentligi;
  • Xalq banki ATB;
  • Hamkorbank ATB;
  • Turonbank ATB;
  • AT Aloqabank;
  • O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi;
  • “Simplex Service Group” MCHJ;
  • “Data Site Technology” MCHJ;
  • “INTER VIEW” MCHJ.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasining Axborot ta’minoti bo‘limi;
  • “Devops” MCHJ;
  • “Oson” to‘lov tizimi va boshqalar.

 

 

F.I.SH.: Raxmanov Qurbon Sodikovich

Ish joyi: “Zamonaviy AKT” kafedrasi mudiri

Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni: dotsent

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash, dasturiy ta’minot, axborot tizimlari va ularning xavfsizligi, sun’iy intellekt asoslari. 

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

  

Asosiy ilmiy ishlari: 

– “Davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini monitoring qilish model va algoritmlari”. Monografiya, Toshkent, 2023 (hammualliflikda); 

– “Kibermakonda axborot xavfsizligini ta’minlash”. Darslik, Toshkent, 2023;

– “Dasturlash I” Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023 (hammualliflikda);  

– “Masofaviy ta’lim texnologiyalari”. Uslubiy ko’rsatma, Toshkent, 2023 (hammualliflikda); 

–  “Dasturlash II” Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023; 

– “Axborot xavfsizligini boshqarishga kirish”. Darslik, Toshkent, 2022 (hammualliflikda); 

– “Obyektlarda axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yaratish metodologiyasi”. Monografiya, Toshkent, 2022 (hammualliflikda).

Ilmiy ishlari havolasi: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=36651380900

Elektron manzili: q.raxmanov@iiau.uz

Ishxona telefon raqami: +998 71 244 95 98
 

 

F.I.SH.: Nigmatov Xikmatulla

Ish joyi: “Zamonaviy axborot-kommunikatsiyatexnologiyalari” kafedrasi professori

Ilmiy darajasi: texnika fanlari doktori 

Ilmiy unvoni: professor

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: Axborot havfsizligi, kompyuter kriminalistikasi, intellektual tizimlari, kiberhavfsizlik asoslari, telekommunikatsiya va kompyuter tarmoqlari havfsizligi, 

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari (lug’at asosida)

  

Asosiy ilmiy ishlari: 

– “Axborot uzatish tizimi va tarmoqlar xavfsizligi”. Darslik. Fan va texnologiyalari nashriyot-matbaa uyi bosmaxonasi. Toshkent sh. 2025 yil. 408 bet.

- “Kompyuter kriminalistikasi”. Darslik. “ZAMON POLIGRAF” OK bosmahonasi. Toshkent sh. 2024 й. 266 bet.

- “ Intellektual tizimlar”, Darslik. “ZAMON POLIGRAF” OK bosmahonasi. Toshkent sh. 2024 y. 194 бет.

– “Axborotlarni himoyalashda intellektual tizimlar”. Darslik. “Lesson Press” nashriyoti “ZAMON POLIGRAF” OK bosmahonasi. Toshkent sh.. 2022 y. 290 bet. 

–  “ Axborot xavfsizligin boshqarishga kirish”. Darslik. “Lesson Press” nashriyoti “ZAMON POLIGRAF” OK bosmahonasi. Toshkent sh.. 2022 y. 220 bet.

–  “Axborot xavfsizligi”, O’quv qo’llanma. “Toshkent islom universiteti nashriot-matbaa birlashmasi” nashriyoti. Toshkent shaxri. 2018 й. 120 bet.

- “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari”, O’quv qo’llanma. “Toshkent islom universiteti nashriot-matbaa birlashmasi” nashriyoti. Toshkent shaxri. 2018 y. 184 bet.

- “Замонавий ахборот технологиялари”. Ўқув қўлланма. “Navro’z” нашриёти.Тошкент, 2015 й. 132 бет.

- “Inellektual tizimlar”, O’quv qo’llanma“. Fan va texnologiyalar bosmaxonasi. Toshkent shaxri. 2019 й. 134 бет

- “Kompyuter arxitekturasi”. O’quv qo’llanma. Fan va texnologiyalari Markazining bosmaxonasi. Toshkent sh. 2021 y. 162 бет.

- “Kompyuter kriminalistikasi”. O’quv qo’llanma. “ZAMON POLIGRAF” OK bosmaxonasi. Toshkent sh.2023 y. 266 bet. 

- “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining aloqa kanallarida аxborotlarni himoyalash”. Monografiya. “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” Toshkent sh. 2020 y. 144 bet.

- “Obyektlarda axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yaratish metodologiyasi”. Monografiya. “ZAMON POLIGRAF” OK bosmaxonasida chop etildi. Toshkent sh. 15.04.2022 y. 144 bet.

- “Tarmoq xavfsizligini aniqlash usullari”. Monografiya. Fan va texnologiyalari nashriyot-matbaa uyi bosmaxonasi. Toshkent sh. 2024 yil. 222 bet.

- “Kompyuter tarmoqlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash usullari”. Monografiya. Fan va texnologiyalari nashriyot-matbaa uyi bosmaxonasi. Toshkent sh. 2025 yil. 220 bet.

- «Exchange of messages in the telecommunication network with different types of communication channels”. International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT) 4-5 November 2021.

- “Algorithms of management requirement packages for switching centers”. In Volume 2, Issue 5 of International scientific journal of “Science and Innovation”.191-193 стр. 2023.

- “A new methodology for evaluating the efficiency of complex machine mechanisms”. AIP Publishing. RESEARCH ARTICLE | JUNE 23. 2023. 

- “Improving the efficiency of information security in the construction and operation of various control systems”. International scientific e-conference “problems and prospects of digital transformation economies in the conditions of deepening integration processes of developing countries”- Kraków, Poland 7 TH FEBRUARY., 2024. 29-36 стр.

- “Rehabilitation of e. rutherford's planetary model of atom”.Elsevier Published: 23 January 2024, Version 1 International Scientific and Practical Conference “WORLD SCIENCE”.

- “A new engineering methodology for calculating the radius of a hydrogen atom and other elements of a periodic table Mendeley Data”. Сибак. Научный журнал "Инновации в нвуке" 8/69. V1, doi: 10.17632/hz52wk77kd.1.

- “Improving the Efficiency of Information Security in the Construction and Operation of Various Control Systems”. International conference “Modern Problems of Applied Science and Engineering” - 2024, May 2-3, 2024.

- “Determination of the main quality indicators of computer networks with different types of communication channels”. Actual problems of applied mathematics and information technologies - Al-Khwarizmi 2024: abstracts of the international scientific conference (22-23 October 2024, Tashkent, Uzbekistan). 257-258.

- “An experiment that visualizes the structure of a hydrogen atom sheds light on its nature”. I-International Scientific Conference Green taxonomy for sustainable development: From Green Technologies to Green Economy. JUNE 14-16, 2024 • TASHKENT •UZBEKISTAN CNGREENTAX-2024.

- “Der reale radius des wasserstoffatoms: neue theoretische und experimentelle ansätze”. German International Journal of Modern Science. №100 DOI: 10.5281/zenodo. 15061577. 2025. 38-42.

- “Detection and automatic mitigation of computer network attacks using artificial intelligence”. Science and innovation international scientific journal volume 4 issue 5 may 2025 issn: 2181-3337 | scientists.uz https:/doi.org/10.5281/renado.15422019.

- “The real radius of the hydrogen atom: new theoretical and experimental approaches”. German International Journal of Modern Science № 116, November 2025 стр. 62-67.

- “Reinterpreting the Stodolna et al. (2013) Experiment: A Comparative Analysis of the Predictions of the Bohr Model and the Schrödinger Model”. Manuscript submitted to School Science and Mathematics 00_Annalen der Physik_WYLLI 2026.

- “Analytical model for comparing latency and reliability of 3g, 4g lte, and 5g nr networks”. International conference ese – 2026 — march 26-27, 2026 Tashkent, Uzbekistan en g i n e e r i n g, s c i e n c e a n d e d u c at i o n (ESE - 2 0 2 6).

- “K методике определения угроз безопасности в сетях мобильной связи”. "Innovative trends in science, practice and education" – Ankara, Turkey International E-CONFERENCE-30 th January. 2024. 41-44 стр.

Umuman 345 ta maqola, 5 ta darslik, 22 ta o’quv qo’llanma, 7 ta monografiya, 9 ta uslubiy qo’llanmalar chop etilgan va 22 ta DGU patent guvohnomalari olingan. 

Ilmiy ishlari havolasi: https://nigmatov-edu.uz va https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&hl=ru&user=AyX0vScAAAAJ&pagesize=80&gmla=AOv.

Elektron manzili: nigmatovkhikmatulla@gmail.com. va khikmatulla@mail.ru

Ishxona telefon raqami: +998 71 244 0042

 

 

F.I.SH.: Xodjayeva Mavluda Sabirovna

Ish joyi: ““Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti

Ilmiy darajasi: texnika fanlari doktori 

Ilmiy unvoni: dotsent 

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari:   boshqaruv, tizimli taxlil, axborotlarni qayta ishlash                                                                                                                   

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari (lug’at asosida)

  

Asosiy ilmiy ishlari: 

– “MOODLE” тизими ва унинг ўқув методик таъминоти. (Таълим технологияларидан фойдаланиш). Monografiya, Toshkent, 2021; 

- Основные направления цифровой трансформации системы высшего образования в Республике Узбекистан/ (Коллектиная монография) Махачкала 2022. Издательство ДГУ, 2022.

- “Axborotlarni himoyalashning intellectual tizimlari”. Darslik, Toshkent, 2021 (hammualliflikda);

– “Информатика и информационные технологии”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020; 

–  “Цифровые технологии и инновация”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2022;

–  Применение интеллектуальнқх систем  в процессе обучения студентов в ВУЗах. Филиал Московского Государственного университета им.Ломоносова 2021 г. 

-The role and effectiveness of the use of digital technologies in distance education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 2249-7137 Vol. 12, Issue 11, November 2022 SJIF 2022 = 8.252

- Use of modern technologies in the development of the site writers alley. (hammyalliflikda) International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) 2022

Digital technologies in distance learning and teaching. EJJMRMS ISSN: 2750-8587 -European International Journal Multidisciplinary Research and Management Studies.2023.  va boshqalar

Ilmiy ishlari havolasi: -----

Elektron manzili: m.xodjayeva@iiau.uz

Ishxona telefon raqami: +998 71 244 0042

F.I.SH.: Dadamuxamedov Alimjon Irgashevich

Ish joyi: “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologilari” kafedrasi katta o’qituvchisi 

Ilmiy darajasi: 

Ilmiy unvoni: -

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: Taqsimlangan maʼlumotlar bazasi axborotlarining ishonchliligini taʼminlash, optimal taqdim etishning model va algortimlari

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

  • “Internetda ijtimoiy tarmoqlar va bloglar”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023;
  • “Internet va PR”. Darslik, Toshkent, 2022;
  • “Internet va PR”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020;
  • “Veb dasturlash”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020;
  • Irgashevich, D. A. (2020). Development of national network (tas-ix). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 144-151.
  • Irgashevich, D. A. (2020). Methods of using cloud technologies in Islamic education institutions. Methods, 7(5).
  • Alimjon, D. (2023). Problems of Reliable and Timely Delivery of Information on the Servers. Eurasian Journal of Engineering and Technology, 19, 35-41.

Ilmiy ishlari havolasi: https://scholar.google.com/citations?user=gX5ntHoAAAAJ&hl=ru

Elektron manzili: a.dadamuxamedov@iiau.uz

Ishxona telefon raqami: 

+998 71 244 00 42

 

F.I.SH.: Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovich

Ish joyi: “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologilari” kafedrasi dotsenti

Ilmiy darajasi: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 

Ilmiy unvoni: dotsent

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: foydali konlardagi ishlab chiqarish jarayonlarini matematik modellashtirish, sonli yechish va dasturiy ta’minotlar ishlab chiqish

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

  • “Operatsion tizimlar”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020;
  • “Web dasturlash”. Darslik, Toshkent, 2021;
  • “Internet va Pr Darslik”. Darslik, Toshkent, 2022 (hammualliflikda);
  • “Dasturlash I”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023 (hammualliflikda);
  • “Python tilida dasturlash”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023 (hammualliflikda);
  • Model and algorithm for solving one-dimensional two-phase of filtration task // “International Conference on Information Science and Communications Technologies ICISCT 2019 Applications, Trends and Opportunities” Tashkent, November 4-6 ICISCT 2019
  • Software for Determining Residual Oil Reserves in Oil Deposit Development // International Conference: Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resourses Engineering, 2020;
  • Algorithmization and programming of fluid filtration problems in multiple seams by intermediate model // Hisoblash va amaliy matematika muammolari. Tashkent- 2020, №6(30), S.14-23
  • Computational algorithm and program for determining the indicators of wells based on processing of information of oil fields. // AIP Conference Proceedings 2432, 060021 (2022) va boshqalar.

Ilmiy ishlari havolasi: https://scholar.google.com/citations?user=GGD91iAAAAAJ&hl=ru

Elektron manzili: dtxtanazarov@gmail.uz

Ishxona telefon raqami: 

+998 71 244 95 98

 

F.I.SH.: Maxkamov Anvarjon Abdujabborovich

Ish joyi: “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologilari” kafedrasi dotsenti

Ilmiy darajasi: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 

Ilmiy unvoni: dotsent

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: tasvirlarga dastlabki ishlov berish, tasvirlarni xarakterlovchi reprezentativ belgilarini ajratish, biometric parametrlar asosida shaxsni tanib olish 

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

  • “Tasvirlarga raqamli ishlov berish”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020;
  • “Tasvirlarga dastlabki ishlov berish algoritmlari”. Monografiya, Toshkent, 2023 (hammualliflikda);
  • “Infografik ma’lumotlar vizualizatsiyasi” Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023;
  • Shaxsni tanib olish masalasida tasvirdagi obyekt belgilarini ajratish algoritmlari //O‘zbekiston jurnali “Islom tafakkuri”. – Toshkent, 1-son, 2021, 172-175 b.
  • Experimental study of algorithms for ear images distribution in personal identity // Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume 13, Issue 1, January 2022, P. 813-822. (hammualliflikda).

Ilmiy ishlari havolasi: -----

Elektron manzili: mahkamovanvar2020@gmail.com

Ishxona telefon raqami: 

+998 71 244 95 98

 

F.I.SH.: Fayziyeva Maxbubaxon Raximjonovna

Ish joyi: “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professori.

Ilmiy darajasi: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 

Ilmiy unvoni: professor.

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: raqamli texnologiyalar, kompyuter grafikasi, kiberxavfsizlik siyosati, web texnologiyalar 

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

– “O‘quv jarayoniga moslashuvchi Web tizimni yaratishning ilmiy-metodik asoslari”. Monografiya, Toshkent, 2016; 

– “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformalarini yaratish va uni amaliyotga joriy etish texnologiyalari”. Monografiya, Toshkent, 2023;

– “Web технологиялар”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2013(hammualliflikda);

– “Media va axborot savodxonligi”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2018 (hammualliflikda); 

–   “Informatika va axborot texnologiyalari”. 8-sinf uchun darslik (7 tilda). Darslik, Toshkent, 2020(hammualliflikda);

–   “Informatika va axborot texnologiyalari”. 9-sinf uchun darslik (7 tilda). Darslik, Toshkent, 2020(hammualliflikda);

–   “Informatika va axborot texnologiyalari”. 6-sinf uchun darslik (7 tilda). Darslik, Toshkent, 2020(hammualliflikda);

– “Web dizayn”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2022(hammualliflikda);

– “Kompyuter grafikasi”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2022(hammualliflikda);

–  “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt”. Darslik, Toshkent, 2023; 

Ilmiy ishlari havolasi: -----

Elektron manzili: fmahbuba@mail.riu

Ishxona telefon raqami: +998 71 244 95 98

 

F.I.SH.: Jumayev Turdali Saminjonovich

Ish joyi: “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologilari” kafedrasi dotsenti

Ilmiy darajasi: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 

Ilmiy unvoni: dotsent

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: tasvirlarga dastlabki ishlov berish, tasvirlarni xarakterlovchi reprezentativ belgilarini ajratish, biometric parametrlar asosida shaxsni tanib olish 

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

  • “Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2019;
  • “Tasvirlarga raqamli ishlov berish”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020;
  • “Veb dasturlash”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020;
  • “Tasvirlarga dastlabki ishlov berish algoritmlari”. Monografiya, Toshkent, 2023 (hammualliflikda);
  • “Ma’lumotlar bazasi”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023;
  • “Python tilida dasturlash”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023 (hammualliflikda);
  • Tasvirdagi obyektni xarakterlovchi reprezentativ belgilar to‘plamini shakllantirish // O‘zbekiston jurnali “Informatika va energetika muommolari”. – Toshkent, 2011.
  • Shaxsni tanib olish masalasida tasvirdagi obyekt belgilarini ajratish algoritmlari //O‘zbekiston jurnali “Islom tafakkuri”. – Toshkent, 1-son, 2021, 172-175 b.
  • Experimental study of algorithms for ear images distribution in personal identity // Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume 13, Issue 1, January 2022, P. 813-822. (hammualliflikda).
  • Axborot xavfsizligini ta’minlashda identifikatsiya jarayonlari // Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari, Toshkent, 2022, 53-55 b. va boshqalar.
  •  

Ilmiy ishlari havolasi: -----

Elektron manzili: t.jumayev@iiau.uz

Ishxona telefon raqami: 

+998 71 244 95 98

 

F.I.SH.: Bekkamov Fayzi Absoatovich

Ish joyi: “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Ilmiy darajasi: yo‘q 

Ilmiy unvoni: katta o‘qituvchi

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: sun’iy intellekt, intellektual tizimlar, axborot xavfsizligi, qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi tizimlar. 

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

– “Elektron kutubxona resurslarini izlashning intellektual tizimlari”. Kutubxona.uz ilmiy-uslubiy jurnali №2 (46) 2020; 

– “Recommender systems: an overview”. Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti xalqaro jurnali №3 2021;

– “Axborot-kutubxona tizimlarida ma’lumotlarni izlash va qayta ishlash”. TATU xabarlari ilmiy jurnali №2 (50) 2021;

– “Problems and goals of recommender systems”. Middle European scientific bulletin ISSN 2694-9970 Volume 23, 23 april 2022 (hammualliflikda); 

– “Smart retrieval systems for electronic library resources”. 12th World Conference on Intelligent Systems for Industrial Automation. Сhemical technology. Control and management. International scientific and technical journal № 4-5, 2022; 

– “Fuzzy model for determining the information needs of library users”. Environment. Technology. Resources. 14th international scientific and practical conference. June 15-16, 2023, Latvia (hammualliflikda); 

– “Kutubxona tizimlarida foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini baholash mezonlari”. Kutubxona.uz ilmiy-uslubiy jurnali №3 (62) 2023; 

– “Tavsiya etish tizimlarining umumiy tahlili”. Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt ilmiy jurnali №3. Tashkent, 2023 (hammualliflikda) va boshqalar.

Ilmiy ishlari havolasi: -----

Elektron manzili: bfayzi93@gmail.com

Ishxona telefon raqami: +998 71 244 95 98

Izoh qoldirish