
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Mumtoz Sharq filologiyasi” fakulteti tarkibida 2011-yilda “Psixologiya” kafedrasi tashkil topilgan bo‘lib, 2018-yildan buyon kafedra “Din psixologiyasi va pedagogika” nomi bilan faoliyat yuritmoqda.
- КAFEDRANING O‘QUV-USLUBIY FAOLIYATI:
- КAFEDRA TOMONIDAN MUTAXASSIS KADRLAR TAYYORLANADIGAN YO‘NALISHLAR:
5210200 — Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi) ta’lim yo‘nalishi;
5A210201 — Psixologiya (Din psixologiyasi) magistratura mutaxssisligi
5A210102 — Ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot va psixologik xavfsizligi magistratura mutaxassisligi;
19.00.07 — Din psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik.
1.2. КAFEDRA TARKIBI:
Professor-o‘qituvchilar soni - 18 nafar
Fan doktori, professor - 2 nafar
Fan doktori - 2 nafar
Fan nomzodi, dosent - 2 nafar
Fan nomzodi, katta o‘qituvchi - 4 nafar
O‘qituvchi - 6 nafar
Stajyor-o‘qituvchi - 2 nafar
Kafedraning ilmiy salohiyati 56 % ni tashkil etadi.
Kafedrada:
umummetodologik fanlar, mutaxassislik fanlari, tanlov fanlari o‘qitiladi;
40 nomdagi ixtisoslik fanlaridan ma’ruzalar, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha darslar olib borilmoqda;
barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-uslbuiy majmualar yaratilgan;
akademiyaning estudy.iiau.uz platformasida barcha fanlar bo‘yicha elektron resurslar joylashtirilgan.
Oxirgi uch yil mobaynida o‘quv adabiyotlari nashrlari soni:
2 ta darslik;
10 ta o‘quv qo‘llanma;
10 ta uslubiy qo‘llanma;
10 ta mualliflik guvohnomasi.
Kafedrada professor-o‘qituvchilar mutaxassisliklari bo‘yicha muntazam ravishda o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar. Bugungi kunda asosiy shtatdagi barcha professor-o‘qituvchilar malaka attestasiyaga ega.
1.3. HAMKOR ТASHKILOTLAR:
O‘zbekiston Milliy universiteti “Ijtimoiy fanlar” fakulteti “Psixologiya” kafedrasi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi “Xizmat faoliyati psixologiyasi” kafedrasi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi;
M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali;
“O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik-psixologik respublika tashxis” markazi;
Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi;
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi;
Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish markazi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi bosh boshqarmasi (viloyat va tuman boshqarmalari).
- ТALABALAR MALAKAVIY AMALIYOTI VA STAJIROVKASI

2020-yil 24-27-dekabr kunlari Moskva davlat universitetining filialida talabalar uchun “Qishki psixologik maktab” faoliyat olib bordi. Unda “Din sotsiopsixologiyasi” yo‘nalishi 1, 2, 3-kurs talabalari ishtirok etdilar. 3 kun davom etgan kurslarda talabalar «Professionalnaya identichnost psixologa. Pochemu ya psixolog? Kto takoy psixolog?» mavzusida MDU professorlari T.Yu.Bazarov, D.A.Donsov hamda amaliy tajribaga ega bo‘lgan psixologlar mashg‘ulotlar olib bordilar. Ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
2020-yil 3-15-fevral kunlari “Din sosiopsixologiyasi” yo‘nalishi 1-kurs talabalari xamkor tashkilotlarimiz: MDU filiali, “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar” markazi, “Yoshlarni imtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish” markazi hamda MDU Toshkent shahar filialida 72 soatli malakaviy amaliyotda bo‘ldilar. Amaliyot davrida talabalar amaliyotchi psixologlarning ish faoliyati, me’yoriy xujjatlari, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.
2020-yil 24-fevraldan bir oy davomida Din sosiopsixologiyasi yo‘nalishi 3-kurs talabalaridan 15 nafari talaba almashinuvi doirasida O‘zbekiston Milliy Universitetiga o‘qishga yuborildi.
2020-yil mart oyida Din sosiopsixologiyasi yo‘nalishi 4-kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura yo‘nalishining 7 nafar talabasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi muassasalarida, 3-kurs talabalaridan 3 nafari Ichki ishlar vazirligi akademiyasida stajirovka o‘tash maqsadida tanishtirildi.
- II. КAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
2.1. КAFEDRA ILMIY MAQOLA VA TEZISLARI NASHRI
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi uch yilda yuzlab ilmiy maqola va tezislar nashr etilgan. Jumladan, 2019-2020-yillarda “Scopus” tizimiga kirgan jurnallarda 4 ta, OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda 31 ta va 60 ga yaqin respublika miqyosidagi va xalqaro ilmiy anjumanlar to‘plamlarida maqolalar, xorijiy jurnallarda 22 ta maqolalar chop ettirilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan ilmiy ishlar https://salohiyat.oak.uz/ saytiga joylashtirilgan. 2020-yil fevral oyida Akademiyaning 144 nafar professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ilmiy ishlari soniga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar 10 taligiga “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasidan 5 nafar professor-o‘qituvchi kirgan (B.M.Umarov 3-o‘rin; P.S.Ergashev 4-o‘rin; Z.X.Qosimova 7-o‘rin; G.V.Ganiyeva 8-o‘rin; Z.A.Rasulova 9-o‘rin), mahalliy nashrlardagi ilmiy ishlar soni bo‘yicha birinchi 10 talikda kafedradan uch nafar professor-o‘qituvchi kirgan (P.S.Ergashev 1-o‘rin; Z.A.Rasulova 4-o‘rin; Z.X.Qosimova 8-o‘rin).
“Din psixologiyasi: interaktiv multimediyali antologiya elektron dasturini ishlab chiqish” mavzusida innovasion loyiha hamda xalqaro hamkorlik doirasida “Razrabotka psixologicheskix metodov korreksii religioznoy radikalizasii” mavzusida ilmiy loyiha tayyorlandi.

2.2. КAFEDRA TOMONIDAN O‘ZBEKISTONLIK HAMDA XORIJLIK MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA O‘TKAZILGAN MAHORAT DARSLARI, ONLAYN MA’RUZA VA VEBINARLAR
- M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti “Psixologiya” fakulteti dosenti, psixologiya fanlari nomzodi Dmitriy Donsov tomonidan “Razvitiye psixiki v ontogeneze” mavzusida davra suhbati – 2019-yil 13-dekabr.
- “Katarsis” psixologik markazi rahbari, amaliy psixolog Feruza Alimova tomonidan “Shaxs yetukligining psixologik jihatlari” mavzusida davra suhbati – 2020-yil 11-yanvar.
- O‘zbekiston Respublikasi davlat Boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruv psixologiyasi va sosiologiya” kafedrasi mudiri, sosiologiya fanlari doktori, professor Mansur Bekmurodov tomonidan “Dunyoni diniy va dunyoviy anglash nisbati” mavzusida seminar — 2020-yil 6-fevral.
- M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti “Psixologiya” fakulteti “Muloqot psixologiyasi va psixosemantika bo‘limi” mudiri, Rossiya Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, psixologiya fanlari doktori, professor Viktor Petrenko tomonidan “Religioznoye povedeniye. Religioznoye samosoznaniye” mavzusida davra suhbati — 2020-yil 5-mart.
- Qozog‘iston “Nur Muborak” Misr islom madaniyati universiteti qoshidagi “Diniy ekstremizmga qarshi kurash” markazi rahbari Askar Sabdin tomonidan “Voprosы religioznoy deradikalizasii molodyoji na sovremennom etape” mavzusida seminar – 2020-yil 21-25-yanvar.
- Rossiya Federasiyasining Musulmonlarga psixologik yordam ko‘rsatish assosiasiyasi Boshqirdiston bo‘limi rahbari, yuridik fanlari nomzodi, amaliyotchi psixolog Filyus Yaxin tomonidan “Psixologiya islama i kognitivno-povedenchencheskaya terapiya: perspektivы integrasiya” mavzusida vebinar — 2020-yil 18-may.
- M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti “Psixologiya” fakulteti dosenti, psixologiya fanlari nomzodi Olga Mitina tomonidan “Psixologik tadqiqotlarda matematik-statistik metodlarni ishlatishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusidagi master-klass — 2020-yil 27-may.
2.3. КАFEDRA TOMONIDAN AN’ANAVIY TARZDA O‘TKAZILAYOTGAN ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
2019-yil 25-aprel kuni “O‘zbekistoda din psixologiyasining dolzarb muammolari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda respublikaning ko‘zga ko‘ringan psixolog olimlari ishtirok etdi.
2020-yil 25-aprel kuni “Din psixologiyasida diniy ongning genezisi va transformatsiyasi muammosi” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya onlayn tarzda tashkil etildi.
Ilmiy anjumanning maqsadi – din psixologiyasi va turdosh fan yo‘nalishlarida diniy ong, uning shakllanishi, rivojlanishi va ma’lum omillar ta’sirida o‘zgarishining mexanizm hamda qonuniyatlarini o‘rganish sohasida to‘plangan tajribani umumlashtirishga qaratildi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi, Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Ichki ishlar Akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Musulmonlarga psixologik xizmat ko‘rsatish assosiatsiyasi Boshqirdiston bo‘limi, yuristlar malakasini oshirish markazi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, “Jo‘ybori-Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi qoshidagi psixologik markazlar vakillari, sohaning yetakchi olimlari, mutaxassislar, amaliyotchi psixologlar o‘zlarining ilmiy ma’ruza va fikr-mulohazalari bilan anjumanda chiqish qildilar.
2.4.КAFEDRA TASARRUFIDAGI TA'LIM YO‘NALISHI
IQTIDORLI TALABALARI
Abduganiyeva Diyora – Din sotsiopsixologiyasi ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi — Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.
2020-yil 29-aprel kuni “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan “Psixologiya” fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasining akademiya bosqichi online tarzda muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Olimpiada ishtirokchilari:
№ | F.I.SH. | Кurs | Yo‘nalish |
1 | Хakimova Shahzoda | 2 | DSP |
2 | Rixsiboyeva Madina | 2 | DSP |
3 | Тo‘rayev Ozod | 3 | DSP |
4 | Safarova Nigina | 3 | DSP |
5 | O‘rinov Xumoyun | 3 | DSP |
6 | Аbduganiyeva Diyora | 3 | DSP |
7 | Оxunjonova Sojida | 3 | DSP |
8 | Хudoyqulov Baxodir | 3 | DSP |
9 | Тоjiboyeva Maftuna | 3 | DSP |
10 | Yangiboyeva Dildora | 3 | DSP |
11 | O‘razov Muxriddin | 3 | DSP |
12 | Sobirov Yangiboy | 4 | DSP |
III. КAFEDRANING MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI
3.1.KAFEDRA TASARRUFIDAGI TO‘GARAKLAR
“Psixodiagnostikaning amaliy masalalari”;
“Kreativlik”;
“Yosh pedagog”.
3.2. USTOZ-SHOGIRD TIZIMIDAGI ISHLAR
Kafedra professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi guruhlariga murabbiylik qilib kelmoqda. “Ustoz-shogird” tizimida kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida 14 talabaning ilmiy maqolalari respublika ilmiy anjumanlari to‘plamlarida chop etildi.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo‘yicha “Shukronalik — sog‘lom e’tiqod belgisi”, “Talaba qizlarning jamiyatdagi o‘rni”, “Vataparvarlik – insoniylik burchi”, “Ayol dunyoni tebratar”, “Stress va biz”, “Qo‘rquv va xavotirni boshqarish”, “Oilada ota tarbiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, “Virtual olam tahdidi – ijtimoiy begonalashuvning yangi ko‘rinishi sifatida” kabi mavzularda seminar-treninglar hamda davra suhbatlari, onlayn vebinarlar muntazam ravishda tashkil qilinmoqda.

3.3. МАDANIY-MA'RIFIY TADBIRLAR
Kafedra tomonidan talabalar uchun muntazam ravishda madaniy tadbirlar, adabiyot, madaniyat va san’at sohasi namoyandalari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilib kelinadi.
- Munavvara Abdullayeva — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, taniqli rejissyor, iste’dodli aktrisa, professor.
- Mirza Azizov — O‘zbekiston xalq artisti Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri direktori.
- Dilnoza Kubayeva — el sevgan san’atkor, iste’dodli aktrisa.

3.4. КAFEDRA QOSHIDAGI PSIXOLOGIK KLINIKA
Akademiya talabalari, professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari hamda boshqa fuqarolar uchun psixologik klinika formatida amaliy xizmat yo‘lga qo‘yilgan.

Кafedra mudiri
Kasimova Zebo Xamidovna
Tamomlagan: 1994-yil Andijon davlat tillar pedagogika instituti
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Тel: +998 71 2412026
Pochta: Zebo-1972@mail.ru

Mirqosimova Marg‘uba Mirqobilovna
Tamomlagan: 1981-yil Toshkent davlat universiteti
Pedagogika fanlari doktori, professor
2018-2019-yy “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri
2019.09- x.v. - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professori
Тel: +998 71 2412026

Alimov Xo‘jageldi Mustafoyevich
Tamomlagan: 1984-yil Leningrad davlat universiteti
Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Тel: +998 71 2412026

Tamomlagan: 2006-yil. Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti.Psixologiya fanlari nomzodi (PhD)
Тel: +998 71 2412026
Pochta: ffrasulova@mail.ru

Tamomlagan: 1993-yil Toshkent davlat universiteti psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Tel: +998 71 2412026

Nazarov Azamat Sattorovich
Tamomlagan: 2002-yil O‘zbekiston Milliy universiteti (magistratura)
Tel: +998 71 2412026
Pochta: a.nazarov.80@mail.ru

Nasimdjanova Maxsuma Majidovna
Тamomlagan: 2013-yil O‘zbekiston milliy universiteti (magistratura)
Тel: +998 71 2412026

Toyirova Laylo Izatovna
Tamomlagan: 2011-yil O‘zbekiston Milliy universiteti (kunduzgi)
2013-yil O‘zbekiston Milliy universiteti (magistratura)
Tel: +998 71 2412026
Pochta: toyirova@mail.ru

Rasulova Nilufar Tulkunovna
Tamomlagan: 1997-yil Toshkent davlat pedagogika instituti (magistratura)
Tel: +998 71 2412026
Pochtа: Lotos_411@mail.ru

Ganiyeva Gulrux Valijon qizi
Tamomlagan: 2014-yil Farg‘ona davlat universiteti (magistratura)
Tel: +998 71 2412026

Samekin Adil Serikpayevich
Tamomlagan: 2004-yil S.Toraygirov nomidagi Pavlodar davlat universiteti (bakalavr)
2006-yil Y.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda davlat universiteti (magistratura)
Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD (MGU)
Tel: +7-708-939-66-71, +7-775-917-92-45
Pochtа: S_Adil@list.ru

Doroshina Ilona Gennadevna
Tamomlagan: 1997-yil V.G.Belinskiy nomidagi Penza davlat pedagogika universiteti
Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Tel: +79623996816, +420773177857
Pochta: sociospherе@yandex.ru

Mitina Olga Valentinovna
Tamomlagan: 1984-yil M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti
Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Tel: +7(499)1949087
Pochta: omitina@inbox.ru

Yaxin Filyus Flyurovich
Tamomlagan: 1998-yil Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (bakalavr), 2000-yil Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (magistratura), 2014-yil M.Akmulla nomidagi Bashkir pedagogika universiteti (qayta tayyorlov)
Yurist, amaliy psixolog
Yuridik fanlari nomzodi, dotsent
Tel: +7-961-044-43-50
Pochta: yafilyus@gmail.com
Izohlar