Maqsadli ta’lim – jamiyat rivojining asosi
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sharoitida ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqga yo‘llagan Murojaatnomalarida ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilib, ta’lim tizimini mehnat bozori ehtiyojlariga mos holda rivojlantirish strategik vazifa sifatida belgilangan.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqga yo‘llagan Murojaatnomalari mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim siyosiy-huquqiy hujjat sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ushbu Murojaatnomalarda ta’lim tizimini isloh qilish, inson kapitalini rivojlantirish hamda mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash masalalari ustuvor vazifa sifatida ilgari surilmoqda. Ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi uyg‘unlik esa zamonaviy rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Prezident Murojaatnomalarida ta’lim sohasi jamiyat taraqqiyotining tayanchi sifatida talqin qilinadi. Maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtiriladi, ta’lim sifati va mazmunini xalqaro standartlarga moslashtiriladi, masalan Jizzax politexnika unstituti Vengriyaning nufuzli Obuda universiteti boshqaruviga beriladi hamda O`zbekistonda Sukubo milliy universiteti hamkorligida aniq fanlar bo`yicha yangi oliygoh ochiladi, chunki ta`limni yuksaltirish, samaradorligini oshirish asosiy maqsad sifatida belgilangan. Oliy ta’lim qamrovini kengaytirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va dual ta’lim mexanizmlarini joriy etish orqali ta’limning real sektor bilan integratsiyasi kuchaytirilmoqda.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, muhandislik va texnik yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa ta’lim arxitekturasining an’anaviy bilim berish modelidan kompetensiyaga asoslangan, moslashuvchan va innovatsion modelga o‘tishini anglatadi. Germaniya, Shvedsariya, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etiladi. Angliyaning “Pearson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda hamshiralar tayyorlanadi.
Kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlar yangi sifat bosqichiga olib chiqiladi. Har yili kamida 100 tadan texnikumlar ta’mirlab, jihozlab beriladi, 7 viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Texnikumda dual ta’lim asosida ta’lim olayotgan o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi.
Ta’limning real sektor bilan integratsiyasi kuchaytirilmoqda. Mehnat bozorini modernizatsiya qilish masalasi. Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Murojaatnomalarida mehnat bozorini modernizatsiya qilish masalasi doimo dolzarb mavzu sifatida ko‘tariladi. Murojaatnomalarda kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, qisqa muddatli o‘quv kurslari orqali aholining mehnat bozoriga tez moslashuvchanligini oshirish zarurligi ta’kidlanadi. Bu yondashuv mehnat bozorining yangi arxitekturasini – ya’ni moslashuvchan, ochiq va innovatsiyaga yo‘naltirilgan tizimni shakllantirishga xizmat qiladi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ta’lim tizimi mehnat bozoridan uzilgan holda samarali rivojlana olmaydi. Shu bois, Prezident Murojaatnomalarida ish beruvchilar, ta’lim muassasalari va davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilanadi. O‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ish beruvchilar ishtiroki, talabalarning amaliyot o‘tashi va bitiruvchilarning ishga joylashishini monitoring qilish mexanizmlari ta’lim va mehnat bozori arxitekturasining muhim tarkibiy qismlaridir. Prezident ta’kidlaganidek, ta’lim tizimi mehnat bozoridan uzilgan holda rivojlana olmaydi.
Shu bois Murojaatnomalarda ish beruvchilar, ta’lim muassasalari va davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalasi ilgari suriladi. Bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lib xizmat qiladigon raqamli ekotizim yaratiladi. O‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ish beruvchilar ishtirokini ta’minlash, talabalarning amaliyot o‘tashini kengaytirish hamda bitiruvchilarning ishga joylashishini monitoring qilish ta’lim va mehnat bozori arxitekturasining muhim bo‘g‘inlaridir.
Bu integratsiya natijasida bitiruvchilarning raqobatbardoshligi oshadi, mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi kamayadi va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqga va Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomalarida ta’lim va mehnat bozori arxitekturasi yagona, uzviy va strategik tizim sifatida talqin etiladi. Xorijiy ilg`or tajribalardan organish, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish orqali inson kapitali rivojlantirilsa, mehnat bozori islohoti orqali ushbu kapitalning samarali bandligi ta’minlanadi. Davlat, ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zamonaviy iqtisodiyot sharoitida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning muhim omili hisoblanadi. Mazkur yondashuv O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va global mehnat bozoriga integratsiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etadi.
Nargiza Shoaliyeva,
“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish