3

MINTAQAVIY HAMKORLIK – TARAQQIYOT VA FAROVONLIK ASOSI Iqtisodiy aloqalar – tabiiy zarurat

Markaziy Osiyo tarixan karvon yo‘llari kesishgan joy bo‘lgan. Bugun esa yangi iqtisodiy yo‘laklar, yangi bozorlar va yangi imkoniyatlar tug‘ilayotgan hududga aylandi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning jug‘rofiy jihatdan bir-biriga yaqinligi, o‘zaro bog‘liq logistikasi, umumiy suv-energetika tizimi, mehnat migratsiyasi va madaniyma’rifiy o‘xshashligi iqtisodiy hamkorlikni tabiiy zaruratga aylantiradi. 

So‘nggi yillarda mintaqa davlatlari iqtisodiyotining faollashuvi, eng avvalo, tashqi savdo dinamikasida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, 2017-2024 yillarda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2,5 baravar o‘sib, 65,9 milliard dollarga yetgan. Shundan 26,9 milliardi eksport, 39 milliardi esa import hissasiga to‘g‘ri kelib, savdo taqchilligi qisqargani qayd etilgan. Qozog‘istonda tashqi savdo aylanmasi 2024-yilda 141,4 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlarning o‘sishi Qirg‘izistonda 15,7 milliard dollar, Tojikistonda 8,33 milliard dollar va Turkmanistonda 14,9 milliard dollarga teng bo‘ldi. 

Bu o‘sish yangi ish o‘rinlari, qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari uchun yangi bozorlar, xizmatlar eksporti, investitsiyalar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. 

Ravshan Abdullayev, 

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori, 

iqtisodiyot fanlari doktori 

Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2026-yil 23-yanvar, 15-son 

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish