
“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining «Islomshunoslik» fakulteti tarkibida bo‘lgan «Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO» kafedrasi dunyo bo‘ylab tashkil etilgan 678 ta UNESCO kafedralaridan biri bo‘lib xalqaro UNESCO tashkiloti bilan hamkorlik qiladi.
Kafedra dinshunoslik bo‘yicha zamonaviy diniy va dunyoviy masalalarga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassis bakalavr va magistr kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan.
Talabalar orasida diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etish, ularni dunyo dinlari tarixi va ta’limoti bilan yaqindan tanishtirish, mavzu yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, Malayziya xalqaro islom universiteti, USIM (Universiti Sains Islam Malaysia) Malayziya islom ilmlari universiteti hamda L.N.Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universitetlarining turdosh kafedralari bilan aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshiradi.
Kafedrada xizmat qilayotgan o‘n yetti nafar pedagog xodimlardan uch nafari fan doktori, professor. Besh nafari fan nomzodi, dotsent.
Kafedra mudiri v.b. Mahfuza Alimova. Tarix fanlari nomzodi.
KAFEDRA TOMONIDAN TAYYORLANAYOTGAN KADRLAR IXTISOSLIGI:
5120600 — “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi
5A120602 —“Dinshunoslik” mutaxassisligi
KAFEDRANING O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA FAOLIYATI:
Kafedra tomonidan darslarni to‘liq zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanilgan holda olib borilmoqda. Ayni vaqtda 5120600 —“Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichi talabalariga:
– Gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kiruvchi “Dinshunoslik”fanidan;
– Umumkasbiy fanlar blokiga kiruvchi “Dinshunoslikka kirish”, “Dunyo dinlari tarixi”, “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari” fanlaridan;
– Ixtisoslik fanlari blokiga kiruvchi “Qiyosiy dinshunoslik”, “Dinlardlagi oqimlar va sektalar” kabi 5 nomdagi fanlardan ma’ruzalar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha darslar olib borilmoqda va mustaqil ishlarning bajarilishiga rahbarlik hamda nazorat qilish faoliyati amalga oshirib kelinmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari muntazam ravishda respublikada o‘tkazilayotgan ilmiy amaliy anjumanlarda faol ishtirok etmoqdalar. Hamkor tashkilotlar bilan davra suhbatlari va treninglar o‘tkazilmoqda. An’anaviy tarzda har yilning aprel oyida respublika miqyosida «Dinshunoslikning dolzarb muammolari», 16-noyabrda esa «Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, “Dinshunoslik” bo‘yicha respublika fan olimpiadasi kafedra tomonidan tashkil etilmoqda.
Kafedra o‘qituvchilari D.Rahimjonov, N.Ismatova tomonidan umumta’lim maktablarining 10-11-sinflar uchun mo‘ljallangan «Dunyo dinlari tarixi» darsligi 7 tilda nashr etilib, maktablarda darslik sifatida o‘qitilmoqda.
2016-2018-yillar davomida kafedra a’zolari tomonidan 3 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma 14 ta monografiya hamda risola, 34 ta OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda, 2 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 100 ga yaqin Respublika miqyosida maqolalar, Xorijiy jurnallarda 15 dan ziyod maqola va tezislar chop etildi.
Bog‘lanish uchun telefon: 71-244-96-53, 71-244-00-56
Kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadilar:
![]() | F.I.Sh.: Isoqjonov Ramziddin Lavozimi: katta o‘qituvchi Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: dinshunoslik, islom falsafasi Chet tillarni bilishi: arab, rus tillari Asosiy ilmiy ishlari: Imom al-Buxoriy xadislarida insoniylik va ahloq – odob qoidalari, Marg‘inoniyning “Hidoya” asarida ahloq va ta’lim – tarbiya masalalari. O‘zRFA Falsafa va huquq instituti O‘zR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi “O‘zbekistonda ijtimoiy – ahloqiy va gumanistik fikrlar tarixining muhim bosqichlari (qo‘llanma), Falsafa va huquq instituti nashriyoti, (Toshkent – 2007), Islom falsafasi. O‘quv qo‘llanma. “TIU” nashriyot – matbaa birlashmasi (Toshkent – 2012) va boshq. El. manzil: ramziddinisoqjonov@iiau.uz |
![]() | F.I.Sh.: Saidjalolov Saidafzal Lavozimi: katta o‘qituvchi Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari, islom huquqshunosligi Chet tillarni bilishi: arab, rus tillari Asosiy ilmiy ishlari: “Islomdagi mazhablar va oqimlar”o‘quv qo‘llanmasi. T.: Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2012, Markaziy Osiyo mutafakkirlari. T.: Yangi nashr, 2011. 9 b.t. Professor S.Agzamxodjayev (hammualliflikda) va boshq. El. manzil: saidafzalsaidjalolov@iiau.uz |
![]() | F.I.Sh.: Qalandarova Dono Lavozimi: o‘qituvchi Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: Dinshunoslikni o‘qitish metodikasi, din psixologiyasi Chet tillarni bilishi: Rus, ingliz, arab, fors tillari Asosiy ilmiy ishlari: 50 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, Markaziy Osiyo mutafakkirlari. T.: Yangi nashr, 2011. 9 b.t. Professor S.Agzamxodjayev (hammualliflikda), Istochniki mirovыx religiy. «Toshkent Islom Universiteti» nashriyot matbaa birlashmasi. 2016. 9 b. (hammuallif) va boshq. El. manzil: donoqalandarova@iiau.uz |
![]() | F.I.Sh.: Xudoyberganova Gulnora Lavozimi: o‘qituvchi Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: Qiyosiy dinshunoslik Chet tillarni bilishi: Rus, ingliz, arab, fors tillari Asosiy ilmiy ishlari: 10 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, “Avesto” pandnomalarida axloqiy masalalarning yoritilishi. “Professor-o‘qituvchi, katta ilmiy xodim, mustaqil izlanuvchi hamda iqtidorli talabalarning ilmiy maqolalari va dars ishlanmalari. - T.: “Lesson Press” MChJ nashriyoti, 2016 (B.18-22), Tasavvufiy tushunchalarning psixologik talqini. “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” Respublika anjumani materiallari to‘plami (7-aprel 2018-yil) Toshkent islom universiteti, TIU NMB, 2018 (B. 227-229) va boshq. El. manzil: gulnoraxudoyberganova@iiau.uz |
![]() | F.I.SH.: Alidjanova Laziza Lavozimi: o‘qituvchi Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: qiyosiy dinshunoslik. Chet tillarni bilishi: Rus, ingliz, arab, fors tillari Asosiy ilmiy ishlari: Xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli // “Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi NMB, 2019, “Sahih al-Buxoriy” asaridagi tibga oid hadislarning ahamiyati // “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami. – T.: “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyot-matbaa birlashmasi”, 2019, Arxitektura xramov drevnego Chacha: Shashtepa // Science, research, development Monografia pokonferencyjna 1 (13). Polsha va boshq. El. manzil: lazizaalijonova@iiau.uz |
Izohlar