
“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi
Kafedra islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tarkibida 2018-yilning avgust oyida tashkil etilgan.
Mutaxassis chiqaruvchi kafedra sifatida uning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
— xalqaro munosabatlarning asoslari, ularning obyekt va subyektlari, ular bilan bog‘liq ilmiy tushunchalarni chuqur o‘zlashtirgan;
— xalqaro munosabatlar ilmiy yo‘nalishining asosiy kategoriyalari hamda zamonaviy jahon siyosatining dolzarb muammolari haqidagi mantiqiy asoslangan bilimlarni puxta egallagan;
— xalqaro munosabatlarning ijtimoiy hamkorlik sohasidagi muhim o‘rni va xususiyatlarini tushunadigan;
— xalqaro munosabatlarga oid asosiy nazariy yondashuvlarni o‘zlashtirgan hamda zamonaviy xalqaro munosabatlarning muammoli bloklarini yaxshi biladigan;
— xalqaro jarayonlarni ilmiy tahlil qilish usullari bo‘yicha maxsus bilimlarga ega, ular bilan bog‘liq muammolar yechimini izlash hamda qarorlar qabul qilish yo‘llari va mexanizmlarini egallagan;
— xalqaro munosabatlarga oid yozma tahliliy ma’lumotnomalar va boshqa rasmiy hujjatlarni tayyorlash malakasiga ega;
— ona va rus tillaridan tashqari, kamida bittadan Sharq va Gʻarb tillarini erkin biladigan mutaxassislarni tayyorlash.
KAFEDRA MUDIRI
Kafedraga siyosiy fanlar doktori Farhod Karimov rahbarlik qilmoqda.
KAFEDRA A’ZOLARI VA ULARNING VAZIFASI
Kafedra a’zolarining asosiy vazifasi talabalarga o‘quv rejalarida belgilangan fanlar bo‘yicha yuksak saviyada dars berishdan iboratdir. Shuningdek, ular ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadilar, tarbiyaviy va ma’naviy ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etadilar.
Xalqaro munosabatlar yo‘nalishiga oid masalalar bo‘yicha talabalarga yuqori malakali nazariyotchi professor-o‘qituvchilar, jumladan, fan doktorlari va nomzodlari, shuningdek, tajribali amaliyotchilar dars beradilar. Ular O‘zbekiston va xorijdagi ilmiy markazlar hamda o‘quv muassasalarida o‘z malakasini muntazam oshirib boradilar. O‘quv jarayonida ta’limning an’anaviy uslublari bilan bir qatorda, rivojlangan informasion texnologiyalarga asoslangan innovasion yondashuvlar, jumladan, internet tizimi orqali masofaviy o‘qitishning individual va jamoaviy shakllaridan foydalanadilar.
Kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadilar:
FISH: Тoshqulov Jo‘raboy
Ilmiy darajasi: yuridik fanlar doktori
Ilmiy unvoni: professor
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: inson huquqlari, islom huquqshunosligi
Chet tillarni bilishi: rus va fors tillari
Аsosiy ilmiy ishlari: Политико-правовые и идеологические истоки национальной независимости. Правовое государство: независимость, нация, экономика, идеология, политика. В 4-х томах, т.4. Т.: Adolat, 1994, Тerroristik harakatlarda ayrim yoshlar ishtiroki: sabab va oqibatlari (hammualliflikda). Тoshkent. 2009 ва bosh.
FISH: Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li
Ilmiy darajasi: siyosiy fanlar doktori
Ilmiy unvoni: dotsent
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: siyosatshunoslik, islomshunoslik, iqtisodiy muammolar
Chet tillarni bilishi: rus, arab, ingliz tillari
Asosiy ilmiy ishlari: “Afrika arab davlatlari zamonaviy xalqaro munosabatlarda”, Toshkent, 2014; “Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari”, Toshkent, 2014; “Xalqaro mintaqashunoslik”, Toshkent, 2017
Тел.: (99) 886 91 58
El. manzil: mmuhammadolim@mail.ru
FISH: Po‘latxodjayev Ziyodilla Sa’dullayevich
Unvoni: iste’fodagi Favqulodda va Muxtor Elchi (Qirg‘iziston va Rossiya Federasiyasida – elchi, Germaniyada maslahatchi lavozimlarida ishlagan)
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: xalqaro transport va logistika yo‘laklari, Markaziy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi tizimlarida O‘zbekiston siyosati, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, musulmon iqtisodiy tashkilotlari
Chet tillarni bilishi: rus, ingliz va nemis tillari
Asosiy ilmiy ishlari: ixtiroga mualliflik guvohnomasi, o‘ndan ortiq ilmiy nashrlar, jumladan, “O‘zbekiston va Rossiya diplomatik munosabatlari o‘rnatilishiga 20 yil” (Moskva, RF Diplomatik akademiyasi byulleteni, 2012) ; “O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlar kelajagi” (Bishkek, ilmiy kengash hisoboti, 2008) va bshq.
El. manzil: z.pulatkhodjaev@mail.ru
FISH: Yakubov Qahramon
Ilmiy darajasi: tarix fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni: katta ilmiy xodim
Ilmiy tadqiqotlari yo‘nalish: Markaziy Osiyo tarixi, vaqf hujjatlari
Tillarni bilishi: rus, arab, fors va ingliz tillari
Asosiy ilmiy ishlari: O‘zbekistonda intelektual meros tarixiga oid manbalar. Monografiya (hammualliflikda) – T.: Adabiyot uchqunlari, 2018. – 261 b.
O‘zbekiston hududida tabiiy fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot va ekspedisiyalar. Monografiya. (hammualliflikda) – T., 2018.
Waqf Administration in the Khivan Khanate: Theory and Practice (XIX – Early XX Centuries). International Journal of Development Research. 2018. Vol.8, Issue 2. – P. 19147-19149.
«Коллекция вакфных грамот» как источник для изучения истории вакфной собственности в Хивинском ханстве XVI–XX вв. Вестник архивиста. – Москва, 2018. – № 1. – С. 236-244. va boshqalar.
El. manzil: qahramon_14@mail.
FISH: Biykuziyev Asxat Abdunabiyevich
Ilmiy darajasi: umumiy tarix magistri
Ilmiy unvoni: katta o‘qituvchi
Ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishi: jahon tarixi, Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi
Tillarni bilishi: rus va ingliz tillari
Asosiy ilmiy ishlari: Yevropa va Amerika davlatlarining yangi tarixi. Toshkent, 2010 (o‘quv qo‘llanma), A.Biykuziyev. Qadimgi Sharq tarixi. Toshkent, 2016 (o‘quv qo‘llanma) va boshqalar.
Tel.: (90) 167 18 24;
El. manzil: Biy1982@bk.ru
FISH: Azimov Habibulloxon Yakubovich
Ilmiy darajasi: xalqaro munosabatlar magistri
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: xalqaro munosabatlar, etnosiyosiy va etnokonfessional jarayonlar
Tillarni bilishi: turk, ingliz va rus tillari
Asosiy ilmiy ishlari: O‘ndan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, “Yaqin Sharq mintaqasida kurd muammosi vujudga kelishining tarixiy jihatlari va zamonaviy holati” // Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami (-T.: Sharqshunoslik instituti nashriyoti, 2014.); “Iroqda milliy etnik siyosatning shakllanishi va kurdlarga munosabat”// Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami(-T.: Sharqshunoslik instituti nashriyoti, 2015.); “Hozirgi davrda Turkiyaning Suriya borasidagi siyosatida kurdlar masalasi”// Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami (-T.: Sharqshunoslik nashriyoti, 2018.) maqolalari muallifi.
El. manzil: habibulloxon1988@mail.ru
FISH: Radjabova Aziza Matlubovna
Ilmiy darajasi: xalqaro munosabatlar magistri
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: geosiyosat, xalqaro munosabatlar, diplomatik muzokaralar, global xavfsizlik
Tillarni bilishi: rus, tojik, ingliz va yapon tillari
Asosiy ilmiy ishlari: O‘nga yaqin maqolalar, jumladan,“Концепция дальнейшего углубления демократических реформ и создания гражданского общества в стране” (Сборник научно-методических статей к 20-летию независимости Республики Узбекистан "Формирование гармонично-развитого поколения в современных условиях», июль, 2011 г.) “Мировоззрение в Узбекистане и геополитика” (Ташкентский государственный педагогический университет, Сборник статей одаренных студентов и молодых ученых "Изланиш", март, 2012 г.), “Современное состояние и развитие системы международных отношений” (Университет мировой экономики и дипломатии, Коллекция печатных изданий сообщества молодых ученых, март, 2012 г.), “Миграция в странах Европейского Союза” (Университет мировой экономики и дипломатии, Коллекция печатных изданий сообщества молодых ученых, 2012 г.), “Региональная экономическая дипломатия Японии в рамках АТЭС” (Университет мировой экономики и дипломатии, веб-сайт, 2012 г.) maqolalarining muallifidir.
El. manzil: aziza_dip@mail.ru
FISh: Rahmatullayeva Gulnora Giyasovna
Ilmiy darajasi: hisobchi-iqtisodchi
Tillarni bilishi: rus tili
Asosiy vazifasi: kafedraning kundalik faoliyatini muvofiqlashtirish; o‘quv xonalarini o‘quv dasturlari va rejalariga muvofiq tarzda ko‘rgazmali o‘quv qurollari bilan ta’minlash; kafedra metodik xonasini zarur o‘quv va metodik adabiyotlar bilan ta’minlash; texnik-o‘quv vositalarini qo‘llashda professor-o‘qituvchilarga amaliy yordam berish; ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish va bshq.
El. manzil: rahmatullaeva69@mail.ru
XALQARO MUNOSABATLAR YO‘NALISHI TALABALARI
“Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishiga talabalar qabuli 2018/2019-o‘quv yilidan boshlangan bo‘lib, bugungi kunda ularning soni 34 kishini tashkil etadi. Talabalar ichida turli tanlovlar, jumladan, xalqaro tanlovlarning ishtirokchilari va sovrindorlari bor. Ulardan biri Sabina Xudoyqulovaning 1 maqolasi va 2 hikoyasi AQSH, Kanada, Hindiston va boshqa davlatlar vakillaridan iborat ijodiy kengash qarori bilan xalqaro antologiyada (2018 y.) nashr etilgan. Bugungi kunda mazkur talaba O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Yosh olimlar kengashi tomonidan berilgan “Navoiy viloyati Nurota tumanidagi Suvliq va Modovod qishloqlaridagi qadimgi qoyatosh suratlari” loyihasi ustida ishlamoqda tayyorlamoqda.
Кafedra telefon raqami: +99871 244 22 69 (qo‘shimcha: 138)
Izohlar